O'zbekiston

O‘zbekistonda Farmasevtika texnik universiteti ochilmoqda

Qabul jarayonlari 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi.

O‘zbekistonda Farmasevtika texnik universiteti ochilmoqda

 

Joriy yilning 17-may kuni Vazirlar Mahkamasining “Tashkent Pharma Park” innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasterida Farmasevtika texnik universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 263-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning “Tashkent Pharma Park” innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasterini tashkil etish to‘g‘risida” 2020 yil 28 yanvardagi PQ-4574-son qarori bilan Toshkent viloyati Zangiota tumanida “Tashkent Pharma Park” innovasion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasterini tashkil etish nazarda tutilgan.

 

Klaster negizida o‘z infratuzilmasiga ega bo‘lib, unga ilmiy-tadqiqot markazlari va laboratoriyalar, o‘quv-ilmiy laboratoriyalari va vivariylar, farmakopeya markazi, mehmonxonaga ega simpoziumlar markazi, talabalar, o‘qituvchilar va chet ellik xodimlar uchun turar joy, sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, suv havzasi va stadion kiritilgan Farmasevtika texnik universitetini tashkil etiladi.

 

Quyidagilar Universitetning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilandi:


— dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab chiqarish, kosmetologiya, tarmoq va biznesni boshqarish sohalarida xalqaro ta’lim standartlariga muvofiq malakali kadrlar tayyorlash;
— farmasevtika tarmog‘ida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizasiya qilishga yo‘naltirilgan innovasion va samarali ta’lim dasturlari va o‘qitish shakllarini joriy etish;
— ta’lim va fanning uzluksizligi va uzviyligi, shuningdek, ularning jahon ta’limi va ilmiy hamjamiyatga integrasiyalashuvi hisobiga mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshirish;
— farmasevtika ta’limi, fan va ishlab chiqarishning yaqin integrasiyasi uchun shart-sharoitlar yaratish va boshqalar.


Klasterning o‘quv qismini yaratish bo‘yicha loyihani moliyalashtirish uchun Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlantirish va hamkorlik jamg‘armasi (EDCF) O‘zbekistonga 40 yil muddatga 10 yillik imtiyozli davr bilan 83,7 million dollar miqdorida kredit taqdim etgan.

 

Universitetda ta’lim jarayoni 2022/2023 o‘quv yilidan boshlanadi hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish shartlari, ta’lim olish shakli va ta’lim tili hamkor universitetlar bilan kelishgan holda aniqlanadi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"