Jahon

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak rashk sabab ikki kishini pichoqladi

Muqaddam sudlangan jinoyatchi avval Murmansk viloyatida jazo muddatini o‘tagan.

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak rashk sabab ikki kishini pichoqladi

 

55 yoshli o‘zbekistonlik erkak Rossiyaning Leningrad viloyati Gatchinsk tumanida ikki kishini pichoqladi. Bu haqda Fontanka xabar berdi.

 

Viloyat Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 5 may kuni ko‘p qavatli uylarning birida ko‘plab pichoq jarohatlari bilan 54 yoshli erkak va 46 yoshli ayolning jasadi topilgan. Aniqlanishicha, erkak jinoyatga rashk sabab qo‘l urgan.

 

Surishtiruv ishlari natijasida  o‘zbekistonlik fuqaroning 2000 yillarning boshidan buyon o‘g‘irlik, qotillik va jinsiy zo‘ravonlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgai maʼlum bo‘lgan. Oxirgi marta u Murmansk viloyatida jazo muddatini o‘tagan.

 

Holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 105-moddasi ikkinchi qismi (“Ikki shaxsni o‘ldirish”) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatchi hibsga olingan. Tez orada unga ayblov eʼlon qilinadi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"