O'zbekiston

JSST semizlikni epidemiya deb e’lon qildi

Kasallik tufayli har yili 1,2 mln kishi hayotdan ko‘z yummoqda.

JSST semizlikni epidemiya deb e’lon qildi

 

Kecha, 5-may kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti semizlikni Yevropa mintaqasida epidemiya deb e’lon qildi. Bu haqda SSV matbot xizmati xabar bermoqda. 


Qayd etilishicha, so‘nggi 30 yil ichida dunyoda semiz odamlar soni uch baravar oshgan. 2030 yilga borib yer yuzi aholisining qariyb 45 foizi semirib ketishi mumkin. 


Tashkilot hisobotida keltirilishicha, ko‘hna qit’ada yashovchi katta yoshli aholining 60 foizi ortiqcha vazn va semirishdan aziyat chekmoqda. 


Qolaversa, har uch boladan biriga (o‘g‘il bolalarning 29 foizi va qizlarning 27 foiziga) shu tashxis qo‘yilgan. Eng yomoni, mazkur kasallik tufayli har yili 1,2 million kishi hayotdan ko‘z yummoqda.


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xulosasiga ko‘ra, hozirgi dinamikani hisobga olganda, Yevropadagi hech bir davlat 2025 yilgacha semirishga qarshi kurashda ijobiy natijaga erisha olmaydi. 


Jismoniy faollikning pasayishi, noto‘g‘ri ovqatlanish, koronavirus cheklovlari tufayli yuzaga kelgan salbiy oqibatlar yaqin yillarda odamlar salomatligiga ziyon yetkazishda davom etadi. 


Ana shularni inobatga olib, JSST muammoni samarali hal etishga qartilgan qator tavsiyalarni taqdim etdi.

 

Unga ko‘ra, tarkibida shakar bo‘lgan ichimliklar uchun soliq joriy etilishi katta samara beradi. Salomatlik uchun foydali bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari narxini pasaytirish kerak. Shuningdek, aholining sport musobaqalari va sog‘lom turmush tarzini ta’minlashga qaratilgan boshqa tadbirlardagi ishtirokini kengaytirish lozim.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"