O'zbekiston

Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlari tugatiladi

Vazirlik bu bo‘yicha Prezident Administratsiyasidan topshiriq berilganini ma'lum qildi.

Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlari tugatiladi

 

Ijtimoiy tarmoqda tuman maktabgacha ta’lim bo’limlari faoliyatini tugatish to’g’risidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Maktabgacha ta’lim vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.  

 

Qayd etilishicha, vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi tomonidan tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlari faoliyatini tugatish hamda boshqa masalalarni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish topshirig‘i berilgan.

 

Ayni paytda vazirlik har tomonlama tahlil o‘tkazish va tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlarini optimallashtirish bo‘yicha mas’ul boshqarma va idoralardan, jumladan, hududiy boshqarmalardan takliflarni yig‘ish, shuningdek, Moliya vazirligi bilan hamkorlikda barcha mexanizmlarni batafsil ishlab chiqishni rejalashtirgan.

 

Bugungi kunda qaror loyihasi ishlab chiqilish jarayonining endi boshlanganligini inobatga olib, tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlari qanday o‘zgarishi to‘g‘risida ma’lumot mavjud emas. 

 

Shu bilan birga, Vazirlik tuman bo‘limlarini optimallashtirishda barcha xodimlarning, butun tizimning manfaatlari, shuningdek, har bir hududning alohida o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olinishini kafolatlaydi. Ushbu yo‘nalishdagi ilg‘or jahon tajribasi ham qaror loyihasini ishlab chiquvchilar tomonidan hisobga olinadi. Bundan tashqari, amaliyotda, har qanday takliflar hududlardan birida tajriba-sinov tariqasida o‘tkazilgandan keyin respublika miqyosida joriy etiladi.

 

Tuman bo‘limlarini optimallashtirish natijasida joylarda yanada samarali boshqaruv tizimi tuzilib, pirovardida maktabgacha ta’lim tizimida sifatni oshirish va korrupsiya omillarini kamaytirishga qaratiladi. Bu qadam 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va 2017 yilda qabul qilingan Ma’muriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq bo‘lib ma’muriy islohotlarning bir qismi hisoblanadi.

 

Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlari faoliyatini optimallashtirish masalasi Taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan va davlat organlari faoliyatini tubdan o‘zgartirishga, kadrlar va moddiy resurslardan oqilona foydalanish hamda professional, adolatli va yuqori samarali davlat boshqaruvi tizimini joriy etishga qaratilgan maqsadlarga to‘liq muvofiqligini alohida ta’kidlash lozim. 

 

Belgilangan maqsadlar davlat organlarining hududiy masalalarni hal etishda mas’uliyatini kuchaytirish, ma’muriy boshqaruv jarayonlari sifatini oshirish, boshqaruv apparatini qisqartirish va ish jarayonlarini optimallashtirish, barcha darajalarda samarali ishlarni tashkil etish va ochiqlikni ta’minlashni nazarda tutadi.

 

“Mavjud tuman maktabgacha ta’lim bo‘limlari o‘rniga paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday mahalliy boshqaruv shakllarining ish mexanizmlari, tuzilishi va vazifalari to‘g‘risida aniqroq tushunchaga ega bo‘lmaguncha, shoshilinch xulosalar qilmaslikka yana bir bor chaqiramiz”, — deyiladi xabarda.

 

 

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"