O'zbekiston

Fitr sadaqasi: kimlar nima uchun va kimlarga, qachon va qancha miqdorda beriladi?

Bu bo‘yicha Musulmonlari idorasi batafsil taqdim etdi.

Fitr sadaqasi: kimlar nima uchun va kimlarga, qachon va qancha miqdorda beriladi?

 

Fitr sadaqasi ro‘zadan chiqish munosabati bilan beriladigan sadaqadir. U ro‘zador uchun Ramazon oyi davomida aytgan behuda gap-so‘zlari, qilgan xato va kamchiliklarini yuvish hamda kambag‘al-miskinlarga taomlanish imkonini berish maqsadida joriy qilingan. Hanafiy mazhabida fitr sadaqasi vojib amal hisoblanadi.

 

Qachon berilishi kerak?

 

Fitr sadaqasini Ramazon hayiti kuni tong otgandan boshlab hayit namoziga chiqishdan oldingi vaqtga qadar berish vojib hisoblanadi. Ramazonning avvalidan berilsa ham bo‘ladi.

 

Ammo Hayit namozidan keyinga qoldirmaslik kerak. Agarda kishi fitr sadaqasini iyd namozigacha bera olmasa, namozdan keyin beradi, lekin savobi Ramazon vaqtida berganchalik bo‘lmaydi, ammo berishi shart. Ya’ni uni berolmay qolgan kishi zimmasida fitr sadaqasini berish vojib bo‘lib qolaveradi.

 

Kimlar berishi kerak?

 

Musulmon erkagu ayol, balog‘atga yetgan-yetmagan, xoh oqil, xoh majnun bo‘lsin, nisob egasi bo‘lsalar zimmalariga fitr sadaqasini berish vojib bo‘ladi. O‘zida pul yo‘qlarning nomidan ularga nafaqa berish lozim bo‘lgan shaxslar beradi.

 

Shunga ham diqqat qilish kerakki, kishi balog‘atga yetgan farzandlari va xotini uchun fitr sadaqa berishi vojib emas. Agar balog‘atga yetgan farzandlari va ayoli uchun, ular aytishmasa ham, fitr sadaqasini bersa, ular zimmasidan fitr sadaqasi soqit bo‘ladi.
Hayit kechasi tug‘ilgan chaqaloq uchun ham otasi fitr sadaqa berishi vojib bo‘ladi. Homila va hayit kunidan oldin vafot etganlar uchun esa vojib bo‘lmaydi.

 

Kimlarga beriladi?

 

Fitr sadaqasi musulmon kambag‘al-miskinlarga beriladi. “Fatavoi Hindiya” kitobida keltirilishicha, fitrni berishda eng afzali, avvalo, aka-uka, opa-singillar hisoblanadi. So‘ngra ularning farzandlari. Ulardan keyin amaki-ammalar, so‘ngra ularning farzandlari. Tog‘a-xolalar va ularning farzandlari so‘ng yuqoridagilardan tashqari qarindoshlar. Ulardan keyin qo‘shnilar, kasbdoshlar, keyin hamshaharlar yoki qishloqdoshlar haqli hisoblanadi.

 

Kimlarga berilmaydi?

 

Fitr sadaqasi nisob miqdoricha moli bo‘lgan boy kishiga, o‘zining ota-onasi, bobo-momosiga, o‘zining o‘g‘il-qizlariga va ularning farzandlariga, er-xotin bir-biriga berish mumkin emas.

 

Shuningdek, g‘ayridinlarga, fisq ishlarini ochiq-oydin qilib yuruvchi fosiqqa, boyga, sog‘-salomat va ishlashga qodir bo‘laturib ishlamay yurganga berib bo‘lmaydi. Bundan tashqari, gunoh va ma’siyatga, shuningdek musulmonlarga zarar keltiradigan har qanday ishlarga sarflaydigan kimsalarga berilmaydi.

 

Fitr sadaqasi muhtojlarning qo‘llariga mol sifatida berilishi lozim. Bu pullar masjid qurilishi, umumiy xayriya ishlari uchun berilishi joiz emas.

 

Ro‘za tutmaganlar ham fitr sadaqasini beradimi?

 

Biror uzr sababli ro‘za tuta olmaganlar ham o‘zlari yoki ular nomidan nafaqa berishi kerak bo‘lgan odam fitr sadaqasini berishi kerak.

 

Qancha miqdorda beriladi?

 

2022-yil uchun har bir jon boshiga fitr sadaqasining miqdori:

2 kilogramm bug‘doy 10 000 (o‘n ming) so‘m;
4 kilogramm arpa 16 000 (o‘n olti ming) so‘m;
2 kilogramm mayiz 100 000 (yuz ming) so‘m;
4 kilogramm xurmo 160 000 (bir yuz oltish ming) so‘m deb belgilandi.

 

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya.


Ta’kidlanishicha, Fitr sadaqasi qiymatlari Toshkent shahar bozorlaridagi narxga asosan belgilangan bo‘lib, har bir viloyat o‘z bozorlaridagi narxga qarab fitr sadaqasini belgilaydi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"