O'zbekiston

Andijonda “Lacetti” haydovchisi yo‘l chetida qulupnay sotayotgan fuqaroni urib yubordi

Hodisa oqibatida sotuvchi shifoxonaga yuborilgan.

Andijonda “Lacetti” haydovchisi yo‘l chetida qulupnay sotayotgan fuqaroni urib yubordi

 

29-aprel kuni soat 14.00 atrofida Oltinko‘l tumani hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida “Lacetti” rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Holat yuzasidan IIV rasmiy telegram kanalida videolavha e’lon qilindi.


Ma’lum bo‘lishicha, 1972-yilda tug‘ilgan “Lacetti” haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida qulupnay sotib turgan fuqaroni urib ketgan. Hodisa oqibatida sotuvchi og‘ir turdagi tan jarohati olib, hushsiz holatda shifoxonaga yuborilgan. 


“Yo‘l harakati ishtirokchilariga xalaqit bermaslik uchun fuqarolardan belgilanmagan joylarda savdo-sotiq ishlari bilan shug‘ullanmasligini so‘rab qolamiz”, — deyiladi xabarda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon tumanida 16 yoshli fuqaro boshqaruvidagi “Matiz” avtohalokatga uchragandi. Oqibatda haydovchining 13 yoshli ukasi og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"