O'zbekiston

Bolalarning nasibasi

Halollik ozodalikdan boshlanadi.

Bolalarning nasibasi


“Shohida bog‘chada ishni tarbiyachilikdan boshladi. Yillar davomidagi mehnatkashligi e’tiborga olinib, mudira nafaqaga chiqqach, uni yangi lavozimga tasdiqlashdi. Bolalar Shohidani yaxshi ko‘rishardi, ertalab yugurib kelib bo‘yiniga osilishar, eng yig‘loqi, “Bog‘chada qolmayman”, deydigalarini ham avrashga usta edi-da. 

 

Mudiralikning o‘ziga yarasha mas’uliyati bilan birga foydali jihatlarini ham u oldindan bilardi. Har kuni ishdan ketar mahali qo‘liga bir yelim xalta narsa tutqizishadi. Tuxum, murabbo degandek. Bu pora emas, xodimlarning hurmati belgisi, qolaversa, bolalar shuncha narsani yeb tugata olishmagandan keyin mudiraga berishadi-da.  


Shohida ish vaqti tugashiga yarim soatlar qolganida onasi bilan gaplashdi. Otasining biroz tobi qochibdi. Shohida ishdan qaytishda kirib, padarining holidan xabar olishni diliga tugdi. Odatdagidek bog‘chadan chiqdi. Ota uyiga borgach, yelim xaltasini ochdi. Narsalarni xontaxta ustiga qo‘ya boshladi.  


— Bular nima? — otasi narsalarning nimaligini ko‘rib tursa-da so‘radi. 
— To‘g‘ri ishdan chiqib kelaverdim, ovqat qilolmadim, — Shohida otasi u pishiradigan xamirli taomlarni xush ko‘rishini eslab xijolat tortdi.  

— Bolalarning nasibasimi? — ota shunday deya yostiqqa boshini qo‘ydi, uning peshanasidagi ajinlar chuqurlashganidan, shiftga qadalgan nigohlaridan dardi og‘irlashgandek edi, — Men senga to‘g‘ri tarbiya bermabman-da...

 
Shohida go‘yoki joyida toshdek qotdi. Qirqqa kirgan juvon har kuni uyiga tashiydigani bolalarining nasibasi ekanligini otasining chuqur xo‘rsinishidan angladi. Bolalik yillari loy o‘ynab, mevalarga yuvilmagan qo‘llarini cho‘zganida otasi “Halollik ozodalikdan boshlanadi”, deganidagi kabi uyalgannamo erkalanish hissi emas, o‘ziga notanish bir tuyg‘uning kuchidan so‘z aytishga uning tili aylanmasdi...”

 

Muallif: Shoira Shagiahmedova

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"