O'zbekiston

Uyqudagi aka

Farzandlarimiz aka-ukalar o‘rtasidagi mehr-oqibatni ko‘rib o‘sishsin.

Uyqudagi aka


“Men uyquchan edim. Dalaning ishiga ham ukamdek ishtiyoqim yo‘q edi. Otam rahmatli esa har tong “Tur, dalaga borib ishlashimiz kerak”, deya uyg‘otmasdi meni. “Mansur, uyg‘ondingmi? Kel, opa-ukang bilan birga choy ich”, derdi. Jigarlar doim bir joyda boshimiz qovushib o‘tirishimizni istagan-da. Ulg‘aygach, hamma o‘z yo‘lidan ketarkan. Uchalamiz uch dunyodekmiz go‘yo. Kasbimiz shuni taqozo qilgandek. 

 

— Gʻofur o‘zi qo‘rs, temir-tersaklar bilan ishlagani uchun, — deb ukamning to‘ng‘illab gapirishidan nolishganida izoh beraman hazil aralash.  


O‘tgan hafta opam ota hovliga boravermasligimni kuyinib gapirdi.  


— Borsak, Gʻofur bir nima deb to‘ng‘illasa, asabim buziladi, — dedim. Majlisdan charchab chiqqanim uchun opamning gaplari iddaodek tuyuldi.  
— Uning gapirish ohanggi shunaqa. Baraka topgur, sen kattasan, uka, omonmisan, deb xabar olib tursang bo‘ladi-ku, — opam nasihat qildi.  
— Xo‘p, ishli odam bo‘lsam, bir kun vaqt topib o‘tarman, — deya o‘lganning kunidan javob qaytardim.  


Xuddi o‘z muammolarim kamdek. Ukam kap-katta odam bo‘lsa. Ota-onamizdan qolgan hovlida yashasa. Uning o‘zi meni manmansiragan sanaydi chog‘i, hadeb uyimga kelavermaydi.  


— Mansur, yana bir gap aytmoqchi edim. Rahmatli o‘g‘lingning qabri nurab qolibdi. Endi buyog‘i yog‘ingarchiliklar to‘xtaydi, bir ustini suvab qo‘ysang bo‘lardi, — opamning ovozi endi qaltirabroq chiqdi.  

 

Bosh chayqadim-u, gapira olmadim. Uch yoshga to‘lmasdan dunyoni tark etgan o‘g‘limdan keyin ayolim o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Mening esa chalg‘ish uchun imkonim — ishim bor. Lekin uni eslaganimda yuragimda simillab og‘riq turadi. U tengi bolalar harbiy xizmatga ketayotganini ko‘rib, shu kunlarda yana yuragimda og‘riq turgandi.  


Dam olish kuni dardim yangilanib, qabristonga yo‘l oldim. Borsam, rahmatli bolamning qabri usti suvalgan. Yonidagi daraxtning shox-shabbalari tartibga keltirilgan. Hayron bo‘ldim. Surishtirsam, men qo‘rs deydigan, ko‘ngli ham toshga aylanib ketgan, deya sanaydigan ukam uch kun oldin mozor boshiga kelgan ekan.  


Otam “Bir-biringni ayanglar”, deya ko‘p ta’kidlardi. Padarimning nasihatlarini unutayozgan o‘g‘il men ekanman. Uyga qaytdim-da, ayolimning “Shu ukangiznikiga borgim kelmaydi”, deyishiga qaramay, bolalar bilan birga ota uyimga otlandim. 


Farzandlarimiz aka-ukalar o‘rtasidagi mehr-oqibatni ko‘rib o‘sishsin”.


Muallif: Shoira Shagiahmedova

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"