O'zbekiston

Afrika orzusi

Orzuning tuzuk-tuzukmasi bo‘lmaydi. U bor! Amalga oshadimi-yo‘qmi, borligi muhim!

Afrika orzusi

 

“Maktab yillarimizda Kustoning suv ostidagi sarguzashtlari haqidagi ko‘rsatuvni berilib tomosha qilardim. Muchal yoshidan o‘tgan bola edim, xayolparast ham emasdim. Lekin boshqalar, negadir, Kustoga o‘xshashni istashimni mazax qilishardi. Katta-kichik “Ana, Kusto kelayapti”, deya anhordan marjon topgan-topmaganimni so‘rashardi. Aqlim kira boshlagani uchunmas, hech kim orzum ushalishiga ishonmaganidan okeanlar ostiga sho‘ng‘ishim xomxayol degan xulosaga keldim.  

 

Qizim bu yil uchinchi sinfda o‘qiyapti. Baholari yomonmas. She’rlarni shunchalar biyron-biyron o‘qiydiki, jurnalist bo‘ladimi, deysiz eshitib. Yaqinda ancha kech bo‘lishiga qaramay teleekran orqali hayvonot olamiga sayyohat qilib o‘tiribdi.  

 

— Uxlaydigan vaqting bo‘ldi, qizalog‘im, — dedim oyisining gaplariga ko‘nmagan erkatoyimga. 
— Dada, bitta narsa so‘rayman, xo‘p, desangiz, keyin uxlayman, — dedi u erkalanib.  
— Xo‘sh... 
— Menga fotoapparat olib bering. Keyin Afrikaga ketaman!  
— Nima? — kiyimlarimni dazmollayotgan oyisi uning gapidan hayratlanib so‘radi. 


— Afrikaga borib, hayvonlarni suratga olaman... — dedi qizalog‘im onasi tomonga shuni ham bilmaysizmi degandek qarab.  
— Afrika qiz bolalar boradigan joy emas. Boshqa tuzukroq narsalarni orzu qil, — ayolim shunday deya ko‘ylagimni tekis dazmolladimmi, deb qo‘lida tutib ko‘rdi.  
— Nega endi? Mayli, olib beraman. Katta bo‘lganingda borasan, balkim birga borarmiz, — shunday deya uni ko‘tarib oldim.  


Orzuning tuzuk-tuzukmasi bo‘lmaydi. U bor! Amalga oshadimi-yo‘qmi, borligi muhim!”


Muallif: Shoira Shagiahmedova

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"