O'zbekiston

Sel bo‘lgan yurak

Uyat, or, vijdon deganlarini ilk bor tuydim...

Sel bo‘lgan yurak

 

“Poytaxtda o‘qiyman. Shartnoma asosida. Tabiatan shoshqaloqman, qolaversa, vaqtida shartnoma puli to‘lamasak, butun guruhning oldida uyaltiradigan dekan o‘rinbosarining fe’lini bilganim uchun ham otamni qistovga olaman.  

 

— Qachon jo‘natasiz?  
— Odam topilmayapti, bervoraman, xavotirlanma, — otam shu so‘zdan nariga o‘tmasdi.  

 

Butun boshli qishloqda nahot bitta poytaxtga keladigan odam bo‘lmasa — battar jig‘ibiyron bo‘laman. Keyin birdan akamning mashina olmoqchi bo‘lib yurgani xayolimga keldi. Endi akamga qo‘ng‘iroq qildim.  


— O‘zingiz ishlaysiz-ku, topgan pulingiz yetganida olarsiz mashinani. Otamdan olishga uyaling, — dedim.  

 

Akam “Xo‘p, keyin gaplashamiz” deb gapni qisqa qildi. Xullas, naq o‘n kun kechikib shartnoma pulini to‘ladim. Ikki marta o‘sha dekan o‘rinbosari — estetika-etika fanlari nomzodi darsning o‘rtasida kirib, mendek otasi vaqtida pul jo‘natmaganlarni birma-bir ogohlantirdi. Mulzam bo‘lganim uchun otam bilan akamdan xafa bo‘lib ketdim.  

 

Bir fursat o‘tib, ta’tilga chiqdik. Viloyatga ketdim. Borishim hamona qolgan yarim yillikning shartnoma pulini olib qo‘yaman deb, maqsad qilganman. Ammo qishloqqa qadam qo‘yishim bilan taniy olmadim. Uyimiz o‘rnida esa kichkina bir uycha tiklanibdi. Bog‘imizdagi chinordan boshqa hamma narsani sel yuvib ketibdi... Men bexabar. 

 

— Ota, nega aytmadingiz?  
— Uyga kir, charchab kelgansan, — otam yangi uycha tomon yo‘l boshladi.  
— Ko‘ngling cho‘kib, o‘qishdan chalg‘iysan, deb aytishimizga ruxsat bermadilar, — akam yelkamga qoqdi... 


Uyat, or, vijdon deganlarini ilk bor tuydim... Otamning tog‘dek bardoshi qarshisida...”

 

Muallif: Shoira Shagiahmedova

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"