O'zbekiston

Uqqan bola

Gohida ota-onalar emas, farzandlar to‘g‘ri yo‘lni topishadi.

Uqqan bola

 

“Oyim universitetda dars beradi. Fan doktori. Kafedra mudiri. Maktabda ham, akademik liseyda ham o‘qituvchilarim “Domlaning bolasisan-a”, deya sho‘xlik qilsam, dakki berishar, hozirjavob bo‘lsam, maqtab qo‘yishardi. Men doim oyim bilan faxrlanganman! Bilimlari kuchli! Shuning uchun yaxshi o‘qishga intilganman. Ammo oxirgi paytlarda hamma narsa o‘zgarayapti. Uyimiz, mashinamiz, yashash tarzimiz... Bular bir qarashda ko‘zni quvnatadi, biroq... 

 

O‘tgan hafta liseyda birga o‘qigan o‘rtog‘im ota-onasi bilan uyga keldi. Kattalar alohida gaplashib o‘tirishganida, men undan qayerga o‘qishga hujjat topshirayotganini so‘radim. U esa yumshoq o‘rindiqqa yastangancha oyim ishlaydigan universitetni aytdi. Keyin kulib, “O‘qishga kiritib qo‘yadigan oying bor ekan, nega unaqa o‘zingni qiynab o‘qib yuribsan?” dedi. Yaramga tuz sepgandek “Ishqilib, oying bilan biznikilar savdolasha olishsin-da”, deya qo‘shib ham qo‘ydi.  

 

Mehmonlar ketishi bilan oyimdan o‘rtog‘imning qanaqa qilib o‘qishga kirishini so‘radim. “Hamma qatori” degan javobni eshitib, “U umuman kitob o‘qimagan-ku! Pora bilanmi?” deya aytib yubordim. Oyim esa indamay xonadan chiqib ketdi. Shu kundan buyon volidamdan o‘zimni olib qochib yuribman. Kecha o‘rtog‘imnikiga borib, oyim o‘g‘illarini o‘qishga kirita olmasligini aytdim. Bilmadim, balkim bu ishim natija berar... Axir oyimga siz xato yo‘ldasiz, deya olmayaman... 


Gohida ota-onalar emas, farzandlar to‘g‘ri yo‘lni topishadi”.

 

Muallif: Shoira Shagiahmedova

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"