O'zbekiston

Bolam chizgan surat

Tinchlik bolalaringiz orzusiga aylanmasin!

Bolam chizgan surat

 

“O‘g‘lim rasm chizish to‘garagiga boryapti. Bolamning suratlarida qaysi chizma daraxt, qaysi biri uy ekanligini topolmay rosa ovvora bo‘laman. Nazarimda, u surat solishning darsini hech ololmaydi. Boshqa mashg‘ulotga qatnasha qol, desam, yo‘q deb oyoq tirab olgan sakkiz yashar qaysarcham. Kecha esa oq qog‘ozni moviy rangga bo‘yab kelibdi.  

 

— Nima bu? — dedim qog‘ozni qo‘limga olishim bilan.  
Arslon “Osmon”, deya javob berdi.  

— Ustozing qo‘llaringizga qog‘oz bilan qalamni tutqazib, xonadan chiqib ketadimi? — bekordan-bekorga pul to‘layotganimdan achchiqlanib so‘radim.  
— Yo‘q, bugun chizganimni “Tinch osmonni tasvirlabsan”, deya maqtadi, — dedi o‘g‘lim ko‘zlarini pirpiratib.   


“Ha”, dedim-u, o‘tgan kuni uni nevropatologga olib borganim esimga tushdi. Shifokorning aytishicha, o‘g‘lim nimadandir qo‘rqib qolgan, shuning uchun ko‘zlarini pirpiratarmish.  


— Oyi, suratni devorga ilib qo‘yaylik? — xayolimni uning savoli bo‘ldi. 
— Nega?  
— Bu tinchlik ramzi ekan, uyimiz doim tinch bo‘ladi shunda, — Arslon gapira turib nigohlarini mendan olib qochdi...  


Men ham uyimizni moviy rangga bo‘yashni istayotgan o‘g‘limning ko‘zlariga qaray olmadim... 

Tinchlik bolalaringiz orzusiga aylanmasin!”

 

Muallif: Shoira Shagiahmedova

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"