O'zbekiston

Balхash shahrida noqonuniy ishlagan 10 nafar o‘zbekistonlik aniqlandi

Ular mehmonxonada faoliyat olib borgan.

Balхash shahrida noqonuniy ishlagan 10 nafar o‘zbekistonlik aniqlandi

 

17 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Qarag‘andi viloyatining Balхash shahri politsiya bo‘limiga Balхash ko‘li qirg‘oq zonasida joylashgan mehmonxona majmualaridan biri hududida xorijliklar noqonuniy yashayotgani haqida maʼlumot kelib tushdi

 

Tekshiruv davomida politsiya xodimlari tomonidan mazkur mehmonxona majmuasida 23 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan 10 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi quruvchi sifatida ishlagani aniqlangan. Biroq ularda bu faoliyat uchun ruxsatnomalar bo‘lmagan. Maʼlum bo‘lishicha, to‘qqiz nafar xorijlik avvalroq migratsiya qonunchiligini buzgani uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, biroq Qozog‘iston hududida qolishda davom etgan.

 

Balхash shahar maʼmuriy huquqbuzarliklar bo‘yicha sudining qaroriga ko‘ra, ular ikki sutkaga hibsga olinib, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasiga chiqarib yuboriladi. Amalga oshirilgan faoliyati bilan vizada ko‘rsatilgan holatlar o‘rtasidagi nomuvofiqlik uchun 1 nafar 41 yoshli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Sud qarori bilan u ikki sutkaga hibsga olindi.

 

Shuningdek, ushbu xorijiy fuqarolarning 40 yoshli ish beruvchisi maʼmuriy javobgarlikka tortildi. U Qozog‘iston Respublikasi qonunchiligini buzgan holda xorijiy mehnat va mehnat muhojirlaridan foydalanganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortildi va 91 890 tenge miqdorida jarimaga tortildi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"