O'zbekiston

Dunyoning tomi soyabonmi yo vijdon?

Yaxshi insonlar bor ekan, dunyoning tomi — vijdon.

Dunyoning tomi soyabonmi yo vijdon?

 

“Ertalab ishxonamga kirdim-u, xonani egallab olgan soyabonlar oralab yurarkanman, sumkamga qo‘l uzatdim. Yo‘q! Yangi yilda farzandlarimiz uchun Qorbobo chaqirgan turmush o‘rtog‘im meni ham hayratlantirish istagida sovg‘a to‘la qopga soyabon solib qo‘ygan ekan. Qor-yomg‘ir yog‘sa, yuzasida gulchalar paydo bo‘ladigan binafsharang soyabonni qo‘limga olganimda, qanchalik xursand bo‘lganimni bilsangiz edi. 

 

Qarang, esipastlik qilib, erimning kutilmagan sovg‘asini qayerdadir — bekatda yoki taksida unutib qoldiribman. Bugun birinchi bor taqishim edi-ya! Endi... Endi nima qilaman? Azboroyi ishdan keyin soyabonsiz yomg‘irdan ivib ketishimga emas, turmush o‘rtog‘im bilib qolsa, xafa bo‘lishidan tashvishlanardim. Tushlik payti ishxonamizga yaqin magazinga borib, xuddi shunaqasini qidirib ko‘raman. Topolmasam, bozorga chopaman. Xayolimda kechgacha soyabonni “iziga qaytarish” yo‘llarini izlab, rejalar tuza boshladim. Shunga yarasha ishim ham kayfiyatsiz boshlandi.  

 

Hamkasblarimdan biri odamlarda vijdon tuyg‘usi yo‘qolib borayotganidan gap ochdi. Kecha do‘konga kirganida kassa oldida hamyonini unutib qoldirganini va 15 daqiqadan keyin ortiga qaytib, topolmaganini aytdi. Beixtiyor hammamiz unga qo‘shildik. Ammo soyabonim haqida og‘iz ochmadim. Shunchaki tushlikda men ham do‘konga o‘tib kelmoqchiligimni, soyabon olmasam bo‘lmasligini gap orasida qistirib o‘tdim. 

 

Tezroq tushlik bo‘lishini intiq kutib o‘tirganimda, ofisimiz qorovulxonasidan ko‘ng‘iroq bo‘ldi. Meni so‘rab kelishibdi. “Kim ekan, shoshib turganimda”, deya uf-uflab pastga tushdim. Kiraverishdagi xollda taksichi yigit turardi, qo‘lida soyabonim! Mashinaning orqa o‘rindig‘iga chiqqan yo‘lovchi “Ayolingizning soyaboni, shekilli”, deya yuqoriga olib qo‘yayotgan ekan, haydovchi hayron qolibdi. Keyin ertalab meni shu ofisga tashlab o‘tgani esiga tushibdi va mijozini manziliga yetkazgach, iziga qaytibdi. Biroq yo‘lda aeroportga shoshayotgan yana ikki yo‘lovchiga xizmat qilishiga to‘g‘ri kelibdi. Shu sabab oradan ikki soatcha o‘tib, ishxonamga yetib kelgan. Soyabonimni qo‘limga olarkanman, “Haqiqiy Qorbobo ekansiz”, dedim jilmayib. “Yo‘g‘ey”, degancha yaxshi inson mashinasi tomon chopdi.  

 

Yaxshi insonlar bor ekan, dunyoning tomi — vijdon”.

 

Muallif: Shoira Shagiahmedova

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"