O'zbekiston

Mehrli qalblar uyi

Taqdir taqozosi yoki boshqa sabab bilan ota-onasidan ayro yashayotgan bolalar hayoti haqida.

Mehrli qalblar uyi

 


Toshkent shahridagi 1-sonli Muruvvat internat uyi. Bu yerda turfa taqdir va qismatlar bor. Muruvvat uyida 18 yoshgacha bo‘lgan aqli zaif bolalar tarbiyalanadi. Bu yerdagi bolalarning har biriga alohida e’tibor, mehr, parvarish kerak. Ayniqsa, ularni ijtimoiy hayotga moslashishida tarbiyachidan kuch, mehnat, vaqt, sabr talab etiladi. 

 

Dugonam bilan anchadan beri Muruvvat uyiga borib, u yerdagi bolalar bilan dildan suhbatlashishni rejalashtirgandik. Kuni kecha Toshkent shahridagi 1-sonli Muruvvat internat uyiga bordik.  Biz mehr ulashish bilan birga bolalardan mehr oldik. Hayotga bo‘lgan qarashlarim o‘zgardi. Bolalarning sodda ko‘ngli, samimiy kulgisi, hayotga bo‘lgan ishonchi va intilishi kishining hayratini oshiradi.

 

Bizga muassasa ruhshunosi Malika Rahimjonova hamrohlik qildi. Uning aytishicha, internat uyiga to‘rt darajada aqli zaiflar: yengil, o‘rta, og‘ir va chuqur darajadagilar yotqiziladi. Ular guruhlarga ajratiladi: yotoq, emaklov va yuradigan. 

 

“Bolalar 18 yoshgacha bizda tarbiyalanib, keyin boshqa internat maktabga yuboriladi. Tarbiyachilarimiz bolalarga hamma qatori fanlardan dars berolmaydi. To‘garaklarda mehnat darslari, o‘zlariga kerakli bo‘lgan yumushlarni bajarish o‘rgatiladi. Ularga ruhan va jismonan yordam berishga harakat qilamiz. Bayramga she’rlar yodlashadi. Afsuski, ular bu she’rni uzoq vaqtgacha eslab qolisholmaydi”, — deydi Malika Rahimjonova. 

 

Bilasizmi, suhbatdosh bolalardan orzularini so‘raganimda prokuror, shoir bo‘laman, degan javoblarni eshitib, chin yurakdan “Ilohim, niyatingizga yeting!” deb yubordim. 

 

“Shunday bolalarimiz borki, ular oxirgi yarim soatni eslab qolishadi. Ota-onalari kelganda, ularni tanishmaydi. Ba’zilari faqat bizni eslab qololgan. Ertalab ishga kelganimizda quchoq ochib kutib olishadi. Istaklarini harakatlar bilan tushuntirishadi. Shundan keyin qanday qilib kasbimni yomon ko‘rishim mumkin? Bu yerdagilarga katta maosh to‘lanmaydi. Lekin bolalar bizni o‘zlariga bog‘lab qo‘ygan. Misol uchun, shifokorimiz Zoir Qayumov yaxshi oylik oladigan klinikada ishlar edi. Bu yerga kelishni boshlagach, u ishi ikkinchi darajaliga aylangan”, — deydi u.

 

Taqdir taqozosi bilanmi, yoki boshqa sabab bolaning ota-onasi yoxud yaqinlaridan ayro yashashining o‘zi oson emas. Muruvvat uyida tarbiyalanayotganlarning boshqa bolalarga o‘xshamaydigan jihati barchaga ma’lum — ular nisbatan fikrlashda, harakatlarda oqsagani. 

 

Shifokor Zoir Qayumov yoshlarga doim turmush qurayotganda, albatta, ko‘rikdan o‘tishi, qarindoshlar o‘rtasidagi turmushga yo‘l qo‘ymaslik, onaning salomatligini doimo e’tibor berish kabi maslahatlarini ayamaydi. 

 

Zero, birgina xato sabab begunoh bolaning umri jabru-sitamda, afsus-nadomatda o‘tishi mumkin. 

 

Muallif: Ravshana Karimova

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"