O'zbekiston

Yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olganlar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

Xabar jo’natuvchilar BHMning 10 foizi miqdorida mukofotlanadi

Yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olganlar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

 

Hukumatning 14-apreldagi 183-sonli qaroriga ko’ra Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi vazirligi xabar berdi.

 

Nizomga muvofiq, yer nazorati hokimliklar tomonidan, Kadastr agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladi.

 

Kadastr nazoratini esa Kadastr agentligi olib boradi.

 

Yer nazorati quyidagi asoslarga ko‘ra 10 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi:

-         yer monitoringida qonunchilik buzilishi kuzatilganda;

-         elektron tizim orqali va aerokosmik suratlarni solishtirishda qonun buzilishi qayd etilganda;

-         yer qonunchiligi buzilishiga oid murojaatlarga ko‘ra;

-         OAV yoki ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar asosida;

-         sud va boshqa organlarga yerga oid huquqbuzarlik haqida axborot kelib tushganida.

 

Kadastr nazorati kadastrni yuritishga masʼul organlar tomonidan Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun axborot berish, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kadastrga oid qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishdan iborat.

 

Yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar BHMning 10 foizi (27 ming so‘m) miqdorida rag‘batlantiriladi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"