O'zbekiston

Prezident oziq-ovqat yetishtirish bo’yicha mutasaddilarga muhim topshiriqlar berdi

Ayni paytda Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va narx-navoni barqarorlashtirish hamda, biznesni yanada qo‘llab quvvatlash bo‘yicha yig’ilish o‘tkazilmoqda.

Prezident oziq-ovqat yetishtirish bo’yicha mutasaddilarga muhim topshiriqlar berdi

 

Yig‘ilishda mavjud yer resurslaridan samarali foydalanib, 2022 yilda 7,7 mln tonna bug‘doy hamda 23 mln tonna meva-sabzavot yetishtirib, 1,5 mlrd dollar eksportni taʼminlash zarurligi taʼkidlandi.

 

Oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish uchun yangi qo‘shilayotgan 300 ming gektardan ziyod yer maydonlaridan samarali foydalanish zarur.

 

“Hozirgi kunda 80 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, 254 ming nafar aholiga ochiq tanlov asosida berildi.

 

Bu – oziq ovqat yetishtirish uchun har bir tumanda qo‘shimcha 500 gektar ekin maydoni, degani.

 

Bu islohotni o‘z vaqtida va to‘g‘ri boshlaganimizni hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Shuning uchun bu yerlar faqat va faqat oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun baza bo‘lishi shart”, dedi Prezident.

 

Mutasaddilarga ikki hafta muddatda:

- hosildor urug‘ navlarini joylarga yetkazib, dala yarmarkalarini o‘tkazish;

- yer maydonlarida “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida ekinlar ekishni tashkil qilish;

- mahsulotni kafolatli xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzish ishlarini jadal tashkil qilish topshirildi.

 

Shuningdek, yangi suv omborlari atrofidagi 100 ming gektardan ortiq yerlarga tadbirkorlarni jalb etib, infratuzilma yaratishga yordam berib, mos keladigan ekinlar ekishni tashkil qilish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"