O'zbekiston

Ichki valyuta bozorida Etika kodeksi qabul qilindi

Mazkur kodeks valyuta bozorini takomillashtirishga qaratilgan.

Ichki valyuta bozorida Etika kodeksi qabul qilindi

 

Etika kodeksi ichki valyuta bozorida valyuta oldi-sotdi operasiyalarining amalga oshirilishini yanada takomillashtirish, jumladan, bozor ishtirokchilari tomonidan yuqori standartlarga asoslangan bozor faoliyatini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari tomonidan ishlab chiqilgan. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Unda kodeks ichki valyuta bozori ishtirokchilarining barqaror faoliyat ko‘rsatishiga asos bo‘lib, barcha manfaatdor tomonlarning qonuniy huquq va manfaatlarini hisobga olgan holda halol va xolis faoliyat yuritishlari uchun shakllangan umumaxloq normalari jamlanmasi hisoblanadi.

 

Mazkur kodeks ichki valyuta bozorining yaxlitligi va samaradorligini ta’minlash hamda takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, qonunchilik hujjatlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘zda tutilmagan masalalarni tartibga solish bo‘yicha tavsiyaviy xarakterga ega.

 

Kodeks ichki valyuta bozorida quyidagi asosiy tamoyillarni o‘z ichiga oladi.

 

Professionalizm − ichki valyuta bozorida faoliyat olib boruvchi mas’ul xodimlarning professional darajada tegishli tajriba, texnik bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.

 

Ma’lumotlar konfidensialligi − bozor ishtirokchilari tomonidan o‘z mijozlariga xizmat ko‘rsatish jarayonida olgan konfidensial ma’lumotlarni saqlash, himoya qilish va ulardan foydalanish lozim.

 

Manfaatlar to‘qnashuvi − ichki valyuta bozori ishtirokchilarining xizmat majburiyatlarini ob’yektiv va xolisona bajarishiga ta’sir ko‘rsatadigan bevosita yoki bilvosita shaxsiy manfaatlar to‘qnashuvi, bozor manipulyasiyasi − bozor ishtirokchilari tomonidan bozorning boshqa ishtirokchilarini chalg‘itish va bozor faoliyatini barqaror ishlashiga to‘sqinlik qilish maqsadida chalg‘ituvchi narxlarda buyurtmalarning kiritilishi yoki talab, taklif va savdolar hajmining sun’iy ravishda oshirilishi muvofiqlashtirilmoqda.

 

Axborot almashish va kommunikasiya − bozor ishtirokchilari o‘rtasida ma’lumotlar shaffofligi ta’minlanishi, axborot almashinuvida professional yondashilish hamda noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilmaslik, mijozlar bilan munosabatlar − bozor ishtirokchilari va o‘z mijozlari o‘rtasidagi axloqiy me’yor, professionallikka amal qilingan munosabatlar.

 

Bugungi kunda «Ichki valyuta bozorida Etika kodeksi» tijorat banklari tomonidan qabul qilingan holda ichki valyuta bozoridagi faoliyati kodeks qoidalariga muvofiqlashtirilmoqda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"