O'zbekiston

Mart oyidagi yog‘ingarchilikda bodomning 15-18 foiz hosili yo‘qolgan – vazirlik

Sovuq urishi oqibatida qishloq xo‘jalik mahsulotlariga yetkazilgan zarar miqdori ochiqlandi.

Mart oyidagi yog‘ingarchilikda bodomning 15-18 foiz hosili yo‘qolgan – vazirlik

 

Qishloq xo‘jaligi vazirligi mart oyidagi ko‘p yog‘in va sovuq urish hodisalarining mevali daraxtlar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga keltirgan zararini ma’lum qildi.

 

Unga ko‘ra, Farg‘ona vodiy viloyatlarida o‘rik va bodomning erta pishar navlari 10 foizdan 23 foizgacha, gilosning ertapishar navi Namanganda 2,4 foizgacha zararlangan.

 

Janubiy viloyatlar, xususan, Qashqadaryo viloyatida ertapishar gilos va shaftolining 9 foizi, olxo‘ri va bodomning 15-18 foiz hosili yo‘qolgan.

 

Markaziy hududlarda o‘rik 7 foiz (Buxoro) dan 19 foiz (Navoiy)gacha, gilos, olxo‘ri va shaftoli mevalarida 3-8 foiz zararlanish holatlari kuzatilgani aniqlangan.

 

Vazirlikka ko‘ra, sovuq havo to‘lqinlari shimol hududlarda mevali daraxtlarga zarar keltirmagan.  Shu bilan birga, sovuq va namgarchil oqimlar qishloq xo‘jalik yo‘nalishida uzum hamda kartoshka kabi sabzavot turlariga zarar keltirmagan.

 

Bu yilgi namgarchil havodan asosan o‘rik zararlangan. Zararlanish 20 foizgacha. O‘tgan yili o‘rik daraxti hosili anomal sovuqlardan markaziy  va janubiy viloyatlarda 80 foizgacha yo‘qotilgan edi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"