O'zbekiston

Birjada rubl va yuan savdosi boshlandi — Prezident

Shavkat Mirziyoyev raisligida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha videoselektor o‘tkazilmoqda.

Birjada rubl va yuan savdosi boshlandi — Prezident

 

“Oyning boshida alohida komissiya tuzib, barcha xavf-xatarlarni hisob-kitob qilganimiz va eng dolzarb yo‘nalishlarda o‘z vaqtida tezkor choralarni ko‘rishni boshlaganimiz o‘z natijasini bera boshladi”, dedi davlat rahbari yig‘ilish avvalida.

 

Toshkent tovar-xomashyo birjasida chet el korxonalari bug‘doy, un, shakar, o‘simlik yog‘i kabi mahsulotlarni savdoga qo‘yishni boshladi. Bunga, temir yo‘lda tashishga ichki tariflar qo‘llanilmoqda.

 

Bu ishlarning davomi sifatida bir hafta muddatda: 

 

- xorijiy yirik ishlab chiqaruvchilar va ulgurji savdo tashkilotlarini Tovar-xom ashyo birjasi savdolariga keng jalb qilish;

 

- temir yo‘l tariflari va tannarxni ichiga kirib, ularni yanada pasaytirish choralarini ko‘rish vazifasi qo‘yildi.

 

Davlatimiz rahbari valyuta bozorini barqarorlashtirish borasida ko‘rilayotgan choralarni qayd etdi. Jumladan, valyuta bozori va ayirboshlash kursi barqarorlashdi, birjada rubl va yuan bo‘yicha savdolar boshlandi. 

 

“Bu borada xalqimizda ortiqcha xavotir yoki bezovtalik bo‘lmasligi kerak. Valyuta bozorida keskin tebranishlarning oldini olish uchun zaxiralarimiz yetarli”, - dedi Prezident.

 

Markaziy bankka puxta o‘ylangan, og‘ir va vazmin valyuta va monetar siyosatni olib borishni davom ettirish topshirildi. Markaziy bankning viloyatlardagi rahbarlari tadbirkorlar bilan har kuni uchrashib, ularga valyuta bozoridagi vaziyatni, eksport-import hisob-kitoblarini amalga oshirish va yangi kredit mexanizmlarini tushuntirib boradi.

 

Xalqaro ekspertlar jahon iqtisodiyotidagi hozirgi murakkab vaziyat uzoq davom etishini prognoz qilishmoqda. Masalan, so‘nggi bir oyda jahon bozorlarida bug‘doy narxi 36 foizga, shakar xom ashyosi 10 foizga, o‘simlik yog‘i narxi 2 barobarga oshgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"