O'zbekiston

1-Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini yakunladi

Tadbir 2 mingdan ortiq ishtirokchilarni – jahonning 56 mamlakatidan yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlarni birlashtirgan biznes dunyosidagi muhim voqeaga aylandi.

1-Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini yakunladi

 

Forum muhiti va uning sermazmun biznes dasturi ishonchli muloqotni, konstruktiv fikr almashishni hamda yangi aloqalar va sheriklik munosabatlarini o‘rnatishga chorlar edi.

 

Forum orqali mamlakat hukumati xalqaro ishbilarmonlar hamjamiyatiga investorlar uchun eng qulay va jozibali sharoitlarni yaratish hamda xorijiy hamkorlar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni har tomonlama chuqurlashtirishga qaratilgan saʼy-harakatlarning yo‘nalishlarini belgilab berdi.

 

Forumning panel munozaralari va tadbirlari doirasida mamlakatimizning turli tarmoqlari va hududlarining investitsiyaviy va iqtisodiy imkoniyatlari ochib berildi, O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy isloh qilish borasida erishilgan natijalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mamlakatimizni yana-da rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, mintaqaviy va jahon savdo aloqalarini rivojlantirish istiqbollari, investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlari, savdoni liberallashtirish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, respublikani sanoatlashtirish va sanoatni yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirish bo‘yicha navbatdagi tadbirlar, mahalliy energetikani transformatsiyalash va muqobil energiya manbalariga o‘tish chora-tadbirlari, mintaqa mamlakatlarining transport jihatidan o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash va ularning tranzit salohiyatini oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

 

Hukumat, ishbilarmon va ekspert doiralari vakillari koviddan keyingi davrda iqtisodiy faoliyatni jadal rivojlantirishni tiklash va rag‘batlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, pul-kredit siyosatini tartibga solish, biznesni qo‘llab-quvvatlash, bank sektori va moliya bozorini rivojlantirish mexanizmlarini muhokama qildilar.

 

Forum doirasida Savdo, iqtisod, investitsiyalar, texnika, madaniyat, sport va yoshlar masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasidagi Hukumatlararo komissiyasining 5-yig‘ilishi, “Sanoat kooperatsiyasi. Yangi imkoniyatlar” O‘zbekiston-Xitoy investitsiyaviy forumi, shuningdek, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari rahbarlari va rivojlanish bo‘yicha hamkorlar ishtirok etgan O‘zbekiston uchun “mamlakat platformasi” bo‘lib o‘tdi. Forum ishtirokchilari ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar chog‘ida ham faol fikr almashdilar va hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

 

Tadbirning amaliy ahamiyatini ham taʼkidlash joiz. Jumladan, Forum yakunlari bo‘yicha 7,8 mlrd dollarlik aniq shartnomalar va investitsiyaviy bitimlar paketi imzolandi. Shuningdek, qiymati 3,5 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

 

TXIF o‘zini mintaqalararo va xalqaro aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish uchun keng ko‘lamli muloqot platformasi sifatida namoyish etib, mamlakatlararo va mintaqalararo investitsiyaviy va tashqi iqtisodiy hamkorlikning kuchli katalizatoriga aylandi. Ushbu Forum O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish, shuningdek, mintaqa tadbirkorlari va xorijiy ishbilarmon doiralar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish maqsadida ularni qiziqtirgan yo‘nalishlarni kashf etish uchun doimiy maydonchaga aylanishi kutilmoqda.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"