O'zbekiston

Bahodir Jalolov chempionlikka qadar kurashadi

Olimpiada va jahon chempioni kecha professional boksda 10-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Bahodir Jalolov chempionlikka qadar kurashadi

 

Kuni kecha Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida “Probellum Dubai” boks kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda Olimpiada va jahon chempioni Bahodir Jalolov professional boksdagi 10-jangida ishtirok etdi. 

 

Bahodir Jalolovga bu bahsda polshalik Kamil Sokolovski raqiblik qildi. 8 raunddan iborat jangda Jalolov 5-raundda raqibini chap qo‘lda yo‘llagan zarbasi bilan ringda qulatdi va texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi. O‘zbekistonlik og‘ir vaznli bokschi uchun bu ketma-ket 10-g‘alaba bo‘ldi. 

 

Bahodir Jalolov Zamon.uz muxbiriga jang haqidagi fikrlarini bildirdi. 

 

“Kechagi jangim ajoyib o‘tdi. Raqibim ko‘p mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa ham kamdan-kam sportchi uni nokautga uchratgan. U juda chidamli bokschi. Shuning uchun 8 raundli jangga tayyormanmi- yo‘qmi degan savol ko‘p o‘ylantirdi. Biroq mana Alloh kuch berib, raqibimni 5-raunddayoq nokautga uchratdim”. 

 

Jalolov keyingi janglari orqali og‘ir vazn toifasida chempionlik uchun kurash olib borishini ma’lum qildi.

 

“Bundan keyin ham shunaqa katta janglarda ishtirok etib, Xudo xohlasa chempionlik jangiga qadar borish niyatimdaman. Meni kechagi jangda qo‘llab-quvvatlagan hammaga rahmat aytaman”. 

 

Olimpiada chempioni yaqinda Prezidentimiz tomonidan sportchilarning mahorat maktalarini ochish haqidagi qarori haqida gapirdi.

 

“Prezidentimizga ham alohida tashakkurlarimni bildirib qolaman. Yaqinda mahorat maktabimni ochish bo‘yicha qarorlari chiqdi. Bu g‘alabamga qo‘shaloq sovg‘a bo‘ldi, deb o‘ylayman. Nasib bo‘lsa, ushbu maktabdan kelajakda Olimpiya va jahon chempionlari chiqadi. Maktab ochilishidan juda mamnunman”. 

 

Ma’lumot uchun: Jalolov professional boksdagi so‘nggi jangini 2021-yil dekabr oyida kolumbiyalik Xulio Tsezar Kalimenoga qarshi o‘tkazib, ilk raunddayoq g‘alaba qozongandi. Kamil Sokolovski esa so‘nggi jangini shvesiyalik Otto Vallinga qarshi fevral oyida o‘tkazib, o‘sha jangda ham mag‘lub bo‘lgan.

 

Jamshidbek AMIROV

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"