O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov va uning o‘g‘li bilan telefon orqali muloqot qildi

Suhbatda bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko‘rib chiqilgan.

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov va uning o‘g‘li bilan telefon orqali muloqot qildi


Bugun, 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov va saylangan Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqotlari bo‘lib o‘tdi.

 

Davlat rahbari Turkmaniston tomonini Prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani, unda Serdar Berdimuhamedov ishonchli g‘alaba qozongani bilan samimiy tabriklab, qardosh Turkmaniston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

 

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini izchil mustahkamlashga qaratilgan birgalikdagi ishlar davom ettirilishiga ishonch bildirildi.

 

Ikki tomonlama munosabatlar kun tartibi va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ham muhokama qilindi.

 

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik ijobiy sur’at bilan rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha o‘zaro tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmlari sezilarli darajada oshdi. Chegaradosh hududlar va yetakchi korxonalar darajasida yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yildi. Sanoat, transport, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida aniq kooperasiya loyihalari ilgari surilmoqda.

 

Bundan tashqari, ikki mamlakat yetakchilari parlamentlar o‘rtasidagi faol muloqotni, shu jumladan, xalqaro tashkilotlar doirasida davom ettirish muhimligini ta’kidladilar.

 

 

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"