O'zbekiston

Boks bo’yicha Bahodir Jalolov sport mahorat maktabi tashkil etiladi

Bu haqda Prezident qarori qabul qilindi.

Boks bo’yicha Bahodir Jalolov sport mahorat maktabi tashkil etiladi


Bugun, 14-mart kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.


Unga ko’ra, Sportni rivojlantirish vazirligi tizimida Boks bo‘yicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi tashkil etiladi. Sport maktabining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: 


– zarur sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlangan, zamonaviy xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan moddiy-texnika hamda o‘quv-mashg‘ulot bazalarini yaratish va turli darajadagi xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda – Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari, universiadalar hamda boshqalarda O‘zbekistonning sharafini munosib himoya qilishga qodir bo‘lgan xalqaro darajadagi bokschilarni tayyorlash;

 

– xalqaro darajadagi bokschilarni tayyorlash uchun yuqori malakali mutaxassis-trenerlar, psixologlar va uslubchilarni, shu jumladan, xorijiy mamlakatlardan yetakchi mutaxassislarni keng jalb etish orqali boks bo‘yicha trenerlar tarkibini mustahkamlash;


– bokschilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonini xalqaro standartlar darajasida tashkil etish, ilg‘or tajribani hisobga olgan holda, o‘quv-mashq jarayonlariga eng yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan ularni nazariy va texnik-taktik jihatdan tayyorlash sifatini muntazam oshirib borish;


– bokschilarning professional fazilatlarini rivojlantirish, shuningdek, boksni rivojlantirishning xalqaro talablariga muvofiq holda O‘zbekiston milliy terma jamoalariga yuqori mahoratli bokschilarni tayyorlash;


– yosh istiqbolli bokschilarni tanlash va tarbiyalash masalalari bo‘yicha bolalar-o‘smirlar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari, olimpiya va milliy sport turlariga ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari, olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari, boks bo‘yicha oliy sport mahorati maktablari, sport yakkakurashlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi va boshqa sport-ta’lim muassasalari bilan uzluksiz hamkorlikni amalga oshirish;


– boks bo‘yicha milliy terma jamoalar va ularning zaxiralari ishtirokida o‘quv-mashq yig‘inlari, respublika va mintaqaviy sport musobaqalarini tashkil etish hamda muntazam ravishda o‘tkazib borish, trenerlar hamda bokschilarning kasb mahorati darajasini oshirish uchun tajriba almashish bo‘yicha xorijiy boks maktablari, klublari va markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.


Mazkur maktab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan umumta’lim davlat sport-ta’lim muassasasi sifatida yangi o‘quv yilidan  o’z faoliyatini boshlaydi

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"