O'zbekiston

"UzAuto Motors" 440 mlrd so‘mni tejab qoldi

Kampaniyada korrupsiyaga qarshi kurashishda birinchilardan bo‘lib komplayens nazorat tizim joriy etildi.

"UzAuto Motors" 440  mlrd so‘mni  tejab qoldi

 

"UzAuto Motors" AJ tarkibiga kiruvchi tizim korxonalarda korrupsiyaga oid huquqbuzarlikning o‘z vaqtida oldini olish, aniqlanish va ularga chek qo‘yishni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, "UzAuto Motors" kompaniyasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha komplayens tizimi 2019 yilda xalqaro standartlar va qonunchilik tamoyillariga asosan joriy qilingan. Mutaxassislar shartli ravishda mazkur nazorat tizimi ish boshlagan davrni ikki bosqichga bo‘lishadi. Birinchi bosqichda sohani rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi, korrupsiyaga moyillik va imkon beruvchi omillar hamda kompaniyada yo‘qotishlarga olib kelayotgan faktorlar aniqlab olingan.

 

Furqat Murodov, “UzAuto Motors” AJ nazorat xizmati rahbari:

— Davlatimiz rahbarining qarorlari bilan davlat ulushi bor tashkilotlarda komplayens tizimini joriy qilish bo‘yicha farmon chiqdi. Unda bir qancha vazifalar belgilab berildi. Olib borilgan o‘rganishlar natijasida aynan komplayens yo‘nalishida faoliyat olib borgan xodimlar tomonidan kompaniyamizga 440 mlrd iqtisodiy samara keltirdi. Bu yili davlatimiz rahbari tomonidan oldimizga belgilab berilgan vazifalar yaʼni mahsulot tan narxini 5% ga kamaytirish, import hajmini tushirish, shuningdek navbatlarni keskin kamaytirish bo‘yicha ishlashni davom etamiz.

 

2021 yilga kelib, komplayens tizimining ikki yillik ishlari sarhisob qilinganda 9 ta asosiy yo‘nalish, yaʼni xarid, marketing, ishlab chiqarish, xavfsizlik va raqamlashtirish kabi yo‘nalishlarda korrupsion xavflar borligi aniqlangan. Qisqa davr mobaynida kompaniya mutaxassislari guruhi o‘tkazilgan dastlabki o‘rganishlar natijasida bir qancha asossiz xarajatlarning oldini olishga muvaffaq bo‘lishgan.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"