O'zbekiston

San’atda “ko‘rinmay qolgan” yulduzlar

Turli sabablar bilan shou-biznesdan yiroqlashgan san’atkorlar taqdiri haqida.

San’atda “ko‘rinmay qolgan” yulduzlar

 

Qo‘shiq  shunday narsaki, u insonlarni butkul o‘ziga rom etadi. Uning olamida yashagan xonanda esa “mashhurlik shohsupasi”ga yetishish uchun unga mehr berib ijod qiladi. Ijodning parvozi ham aynan shunda. Bugungi qahramonlarimiz ham o‘z vaqtida xit qo‘shiqlari, kliplari va imidjlari bilan muxlislar qalbini zabt eta olgan ijodkorlardir. Ammo shuhrat abadiy bo‘lmaganidek ushbu qahramonlarimiz turli sabablar bilan shou-biznesdan yiroqlasha boshlagan, ba’zilari esa ma’lum va noma’lum sabablarga ko‘ra taqiqga uchragan. 


Ular uchun san’atga yetaklovchi eshiklar yopildi, erkin ijod qilish uchun imkon berilmadi. Zinama-zina pastga qo‘yilgan qadamlar oxir-oqibat ularni biz bilmagan tomonlarga olib ketdi.  Xo‘sh, ularni san’atdan ketishga nima sabab bo‘lgan?

 

Anvar Sanayev, xonanda: 

– Meni ijoddan uzoqlashdim, ammo bu mening xohishim bilan bo‘lmadi.  Radio orqali xonanda Yulduz Usmonovaga bergan ta’rifim uchun  3 yilga ta’qiqga uchradim. Xorijliklar  Yulduz Usmonova deganda O‘zbekistonni, O‘zbekiston deganda esa Yulduz Usmonovani eslashadi deganman. Shu gap  meni san’atimga nuqta qo‘yishini xayolimga ham keltirmagan edim. Yillar o‘tib asta-sekin yana san’atga qaytyapman. 

 

Shoira Otabekova, xonanda:

– Men noma’lum sabablarga ko‘ra taqiqga uchraganman. Haligacha buning sababini bilmasligim qattiq alam qiladi. Shundan keyin san’atdan qattiq ko‘nglim qoldi. O‘sha vaqtlarda otam og‘ir kasallik bilan xastalanib qolganlar. Ularning yonlarida bo‘lib, meni taklif etishgan joylarga borolmadim. Shu ham ba’zilarga qo‘l keldi.


 
Iroda Nosirova, teleboshlovchi:


– Ijodkorni sindirish uchun qattiq zarba berishganda, u achchiq ustida xato qilib qo‘yishi yoki  adashib noto‘g‘ri  yo‘llarga ham kirib qolishi mumkin ekan. Men o‘z vaqtida olgan zarbamdan ana shunday yo‘llarga yarim qadam tashlab, darhol ortga qaytganman. Menga taqiq qo‘yishgan. Shundan so‘ng boshqa sohalarni egallashga harakat qildim.  

 

Jo‘rabek, xonanda:

 – San’atdan ketishimning aniq sababi yo‘q. Shunchaki bir xillikdan qochishga harakat qildim. Men bir muddat o‘zimni san’atdan boshqa joyda ko‘rishni istadim. Ammo san’atning tuprog‘i  kuchli bo‘larkan. Qalbimda baribir san’atni sog‘indim. O‘sha vaqtlari nagadir muxlislarimni bir umrga faqat meniki bo‘lishadi deb o'ylardim, ammo keyinroq adashganimni tushunib yetdim. Bugun sizni olqishlab turgan muxlis ertaga boshqasini tanlab ketarkan. Men ularni yo‘qotdim. Shu ham san’atga qaytmay, yana-da uzoqlashishimga sabab bo‘ldi. Juda xafa bo‘ldim, ammo vaqt o‘tib ularni tushundim va kechirdim. Hozir yana ijodni qayta boshlash arafasidaman.

 

Davron Ergashev, xonanda 


– San’atdan ketishimga oilaviy sharoitim sabab bo‘lgan. Ancha yillik tanaffusdan keyin asta-sekin ijodga qaytyapman. Avvallari ketma-ket qo‘shiqlar chiqaraverardim.  Endi unday emas. Har bir qo‘shiq ustida oylab ishlayman.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"