O'zbekiston

O‘zbek shifokorlari Markaziy Osiyoda ilk bor qizilo‘ngach atreziyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda tig‘siz jarrohlik amaliyoti o‘tkazdi

Jarrohlik operatsiyalari 4 soatga yaqin davom etgan.

O‘zbek shifokorlari Markaziy Osiyoda ilk bor qizilo‘ngach atreziyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda tig‘siz jarrohlik amaliyoti o‘tkazdi

 

Respublika perinatal markazi qoshidagi Neonatal xirurgiya o‘quv-davolash-metodik markazida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ko‘plab murakkab operasiyalar o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur amaliyotlarning ahamiyati shundaki, ular bola tug‘ilishi bilan bajarilmasa, go‘dakning kelgusi hayoti xavf ostida qoladi. 

 

Muassasada xuddi shunday jajji bemorlarning ikki nafari o‘ta murakkab jarrohlik muolajasidan so‘ng sog‘ayib, hayotga qaytdi. Ularning ikkisi ham tug‘ma qizilo‘ngach atreziyasi bilan dunyoga kelgan. Avvallari bunday operasiyalar chet ellik mutaxassislar bilan hamkorlikda amalga oshirilar edi. Bu gal qizilo‘ngach atreziyasining torakoskopik amaliyoti mahalliy shifokorlar tomonidan ilk bor mustaqil o‘tkazildi.

 

— Ayrim chaqaloqlarda qizilo‘ngachning berk bo‘lishi, umuman bo‘lmasligi yoki o‘pkaga borib ulanishi kabi holatlar uchraydi, — deydi tibbiyot fanlari doktori, professor Baxtiyor Ergashev. — Yaqin yillargacha yurtimizda qizilo‘ngach atreziyasi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni saqlab qolish imkoni bo‘lmagan. Keyinchalik bunday dard bilan tug‘ilgan go‘daklarni operasiya orqali davolay boshladik. Ammo o‘sha paytda bunday amaliyotlar kesish yo‘li bilan bajarilgan. 

 

Yaqindan boshlab Rossiyaning Irkutsk bolalar klinik shifoxonasi xirurgi Yuriy Kozlov bilan hamkorlikda qizilo‘ngach atreziyasini torakoskopik usulda, ya’ni tig‘ tekkizmasdan operasiya qilishni boshladik. O‘tgan yilning 29 va 31 dekabr — Yangi yil oqshomida xuddi shu xastalik bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni operasiya qildik. Qariyb 4 soat davom etgan murakkab amaliyot natijasi nafaqat bemorning oilasi, balki biz, shifokorlar uchun ham juda muhim edi. Chunki yuqori texnologik noyob operasiyani ilk bor mustaqil amalga oshirgandik. 

 

Ta’kidlanishicha, torakoskopik usuldagi xirurgik amaliyotdan so‘ng chaqaloqlarning to‘liq sog‘ayishi juda tez kechdi. Shu sababli qashqadaryolik M. Ravshanova va namanganlik N. To‘ychiyeva tug‘ma kasallik bilan dunyoga kelgan farzandlarini qisqa muddatda bag‘riga oldi

 

— O‘g‘limga Rahmatullo deb ism qo‘ydik, — deydi N. To‘ychiyeva. — Uzoq davom etgan jarrohlik amaliyoti natijasini hadik bilan kutdik. Endigina dunyo yuzini ko‘rgan farzandining operasiya stoliga yotqizilishi ona uchun og‘ir. Bu sinov hech kimning boshiga tushmasin. Amaliyotdan keyin kelajakda hech qanday asorat qolmas ekan. Qo‘li yengil shifokorlarimizdan minnatdorman. 

 

Professor B. Ergashevning ta’kidlashicha, bunday murakkab kasalliklarning tug‘uruqdan oldin aniqlanishi undan xalos bo‘lishning asosiy omilidir. Neonatal xirurgiyaning mohiyati shundaki, u xastalikni bola dunyoga kelgan ilk kunlardayoq oldini oladi. 

 

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki,  o‘zbek neonatal xirurgiyasi Markaziy Osiyo davlatlaridan, hatto Rossiyaning ayrim hududlaridan ham yuqori saviyada ekani e’tirof etilmoqda.

 

Xususan, qizilo‘ngach atreziyasining torakoskopik operasiyasi dunyoning sanoqli davlatlarida, faqatgina o‘ta malakali xirurglar tomonidan amalga oshiriladi. 

 

Respublika perinatal markazi qoshidagi Neonatal xirurgiya o‘quv-davolash-metodik markazi mutaxassislari esa o‘tgan yilning o‘zida 6 ta ana shunday yuqori texnologik jarrohlik amaliyotini o‘zlashtirdi. Bu esa nafaqat markazning, balki milliy tibbiyotimizning katta yutug‘idir.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"