O'zbekiston

Surxondaryoda aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilib kelgan shaxs qo‘lga olindi

U O‘zbekiston hududida taqiqlangan diniy mazmundagi videomateriallarni instagram tarmog‘i orqali tarqatgan.

Surxondaryoda aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilib kelgan shaxs qo‘lga olindi

 

O‘zbekiston Respublikasi DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari fuqaro A.A.ga nisbatan to‘plangan tergovga qadar tekshiruv materiallar bilan tanishish asnosida uning qonunga zid harakatlarini aniqladi.

 

Boshqarma xodimlari tomonidan amalga oshirgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.A.ning “Redmi 6A” rusumli telefon apparati ko‘zdan kechirildi. “Instagram” ijtimoiy tarmog‘ida uning “arslanbey9888” profili mavjud bo‘lib, unda fuqaro Rafiq Kamolovning “benomozlik, namoz mo‘min kishining hujjati, namoz o‘qimagan odamning hujjati yo‘qligi...” mavzusidagi videoma’ruzasi va juda ko‘plab diniy mazmundagi materiallarni joylashtirib tarqatgani aniqlandi. 

 

Tarqatilgan materiallar tekshirib ko‘rish uchun DVD+R diskka ko‘chirib olinib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga yuborilgan.

 

Qo‘mitaning ekspertlik xulosasida A.A.ning “Instagram” ijtimoiy tarmog‘ida tarqatgan  videomateriallar aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish taqiqlanishi ma’lum qilingan. 

 

A.A.ning harakatida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining alomatlari mavjudligini inobatga olib hamda Jinoyat-protsessual kodeksining tegishli moddalari talablarini qo‘llab, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-kismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"