O'zbekiston

Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olish yoshi uzaytirildi

Prezident bu boradagi qonunni imzoladi.

Boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olish yoshi uzaytirildi

 

“Fuqarolarning va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari kafolatlari yana-da kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, nogironlik pensiyalari Chernobil AESdagi avariya oqibatida III guruh nogironi bo‘lgan shaxslarga ham to‘lanadi. Ilgari faqat I va II guruh nogironlariga to‘lanishi belgilangan.

 

Oilaning mehnatga qobiliyatsiz aʼzolari (bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar) yoshi 18 yoshgacha etib belgilandi. Ilgari 16 yoshgacha edi.

 

O‘quvchilar va talabalar o‘qishi davomida, 23 yoshgacha boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olishi mumkinligi belgilandi. Ilgari 18 yoshgacha edi.

 

Bolani parvarishlash taʼtilining ish stajiga qo‘shiladigan davri 6 yil etib belgilandi. Ilgari jami 3 yildan ko‘p bo‘lmagan davr kiritilgan.

 

Qonunga ko‘ra, avtomobillar elektron auksion orqali ijaraga berilganda shartnomani notarial tasdiqlash talab etilmaydi.

 

Shuningdek, quyidagilarning qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish muddati 2022 yil 30 aprelgacha uzaytirildi:

 

➖ O‘zbekistonga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish;

➖ o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma.

 

Ilgari 2021-yil 31-dekabrgacha edi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"