O'zbekiston

Chirchiqda kimyo-industrial texnopark tashkil etiladi

Texnoparkning faoliyat ko‘rsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil etadi.

Chirchiqda kimyo-industrial texnopark tashkil etiladi

 

Mazkur loyihada Tataristonning “Ximgrad” jamoasi ishtirok etmoqda.

 

Prezidentning “Toshkent viloyatida “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

 

Texnopark faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

 

— yuqori qiymatga ega bo‘lgan, tashqi bozorda xaridorgir va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni keng jalb qilish;

 

— xalqaro standartlarga muvofiq energiya tejamkor, atrof-muhit muhofazasini taʼminlashga qaratilgan va ekologik xavfsiz ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish;

 

— Toshkent viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanishni taʼminlash orqali mahsulot eksport salohiyatini oshirish maqsadida hududda ishlab chiqarishni kengaytirish;

 

— Texnopark ishtirokchilari o‘rtasida va butun respublika miqyosida mustahkam sanoat kooperatsiyasi aloqalarini o‘rnatish orqali mahalliy xomashyo va materiallar asosida yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish va mahalliylashtirish jarayonlarini jadallashtirish;

 

— Texnopark ishtirokchilari uchun yagona ishlab chiqarish infratuzilmasini, shuningdek sertifikatlash, laboratoriya, kadrlar tayyorlash va boshqa zarur xizmatlarni ko‘rsatish infratuzilmasini yaratish.

 

Texnopark hududida MIZ uchun belgilangan alohida soliq, bojxona va valyuta tartibotlari amal qiladi.

 

Bunda, Soliq kodeksi va “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida"gi Qonunda belgilangan soliq imtiyozlari, shuningdek, bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar Texnopark ishtirokchilari, Direksiya va boshqaruv kompaniyasi tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmidan qatʼi nazar 10 yil muddatga beriladi.

 

Texnopark ishtirokchilariga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan quyidagilar taqdim etiladi:

 

— investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida, shu jumladan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun beriladigan bank kreditlari summasining 50%igacha, biroq 8 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kafilliklar;

 

— investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yirik IT-kompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi.

custom img

Qo‘qondagi ko‘p qavatli uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi

Tergov-tezkor guruhi tuzilib, hodisa sabablarini aniqlash va hujjatlashtirish ishlari boshlangan.

custom img

Misrda vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi

Elchixona diplomatlari tomonidan mahrumning yaqinlariga aviakompaniya bilan bog‘liq va dafn marosimlari kabi tashkiliy masalalarni hal qilishda yordam berildi.

custom img

Jizzax viloyatida ta’lim sohasi mansabdori pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

U Maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga muassasa rahbaridan 4 million 800 ming so‘m pul talab qilgan.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Hodisa oqibatida bolaning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetgan.

custom img

Toshkentning 9 ta hududida yangi jamoat parklari barpo etiladi

Prezident poytaxtda urbanizatsiya jarayonlari va yashil hududlarni kengaytirish boʻyicha takliflar bilan tanishdi.

custom img

Toshkent-Dushanbe yo‘nalishida davlat avtobusi qantovi yo‘lga qo‘yildi

Qatnovlar hozircha haftasiga ikki marta amalga oshiriladi.

custom img

Meksika hukumati Ilon Maskni sudga bermoqchi

Bunga milliarderning Meksika prezidentini tanqid qilgani sabab bo‘lgan.

custom img

Toshkent viloyatida giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruhlar fosh etildi

So‘nggi 40 kun ichida Zangiota tumanida narkotik moddalar bilan bog‘liq 16 ta jinoyat aniqlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"