Jahon

Prezidentga ergashib: Turkiya mudofaa vazirida ham koronavirus aniqlandi

Xulusi Akar holati qoniqarli ekanini maʼlum qildi.

Prezidentga ergashib: Turkiya mudofaa vazirida ham koronavirus aniqlandi

 

Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga Ukrainada hamrohlik qilgan Turkiya mudofaa vaziri Xulusi Akar ham koronavirusga chalindi. Bu haqda mudofaa vazirligi xabar berdi.

 

“COVID-19‘ga topshirgan testim natijasi musbat chiqdi. Baxtimga o‘zimni yaxshi his qilyapman va biz barcha ehtiyot choralarga rioya qilgan holda ishimizni davom ettiramiz”, – deyiladi xabarda.

 

Maʼlumot o‘rnida: Turkiya prezidenti Ukrainaga tashrifidan keyin “omicron”ga chalinganini maʼlum qilgan. Shu bilan birga uning rafiqasida ham kasallik aniqlangan

 

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev turkiyalik hamkasbiga shifo tilab, maktub jo‘natgani to‘g‘risida xabar qilingandi

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"