Jahon

BMT KXDR raketa dasturlari haqida hisobot eʼlon qildi

Unda Shimoliy Koreya yadro salohiyati kuchaygani maʼlum qilingan.

BMT KXDR raketa dasturlari haqida hisobot eʼlon qildi

 

Shimoliy Koreya yadro va raketa dasturlarini rivojlantirishda davom etmoqda. BMT mutaxassislari tomonidan tayyorlangan maxsus hisobotda bu haqda so‘z boradi.

 

Unda aytilishicha, Pxenyan butun yanvar oyi davomida raketa sinovlarini davom ettirgan va ularning miqdorini oshirgan. KXDR tomonidan sinovdan o‘tkazilgan texnologiyalar orasida gipertovushli qurollar ham bo‘lishi mumkin.

 

Bundan tashqari, Pxenyan shu maqsadda zarur infratuzilmani rivojlantirishda davom ettirmoqda. Shu bilan birga, turli vositalar, xususan, kiber texnologiyalar orqali raketa dasturi uchun zarur texnologiya va materiallarni izlanyapti.

 

Maʼlumot o‘rnida: Shimoliy Koreya yanvar oyi davomida 7 marta raketa uchirdi.

 

Avvalroq AQSH Shimoliy Koreya bilan hech qanday shartlarsiz muhokama o‘tkazishga tayyorligini maʼlum qilgandi

 

Jahongir Qo'ziyev

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"