Jahon

Nizolarni to‘xtating — BMT bosh kotibi

Guterrish barchani olimpiya yarashuviga amal qilishga chaqirdi.

Nizolarni to‘xtating — BMT bosh kotibi

 

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Pekin olimpiadasi oldidan barcha davlatlardan Olimpiya yarashuviga amal qilishni so‘radi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti maʼlum qildi.

 

“Nizolar va tarangliklar tarqalayotgan bir vaqtda olimpiya yarashuvi kelishmovchiliklarni yengib o‘tish va barqaror tinchlikka yo‘l topishga imkoniyatni taqdim etadi. Barchani 2022 yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari paytida yarashuvga amal qilishga hamda ular o‘tkazilayotgan davrda dushmanlik harakatlarini to‘xtatishga chaqiraman”, — deyiladi xabarda.

 

Maʼlumot o‘rnida: Pekinda qishki olimpiya o‘yinlari 4-fevraldan 20-fevralgacha, Paralimpiya o‘yinlari 4-13 mart kunlari o‘tkaziladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"