O'zbekiston

“O‘zbekneftgaz”: Investision jozibadorlik oshirilib, dunyoning yirik moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi

So‘nggi yillarda Davlatimiz Rahbari tomonidan mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan transformasion jarayonlar  neft-gaz tarmog‘iga ham ijobiy taьsir ko‘rsatmoqda .

“O‘zbekneftgaz”: Investision jozibadorlik oshirilib, dunyoning yirik moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi

Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning neft-gaz tarmog‘i rivojlanishiga qaratayotgan katta e’tibori va amalga oshirilgan islohotlar natijasida mamlakatimiz aholisi va iqtisodiyot tarmoqlarini neft hamda gaz mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash imkoniyati yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qator hujjatlari bilan “O‘zbekneftgaz” AJ oldiga barcha biznes jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish, jamiyatni shaffofligini ta’minlash, moliyaviy sog‘lomlashtirish, moliyaviy hisobotlarni to‘liq xalqaro standartlar bo‘yicha olib borish va jamiyatning investision jozibadorligini oshirish kabi bir qator yangi vazifalar qo‘yildi.

Ushbu vazifalarni bajarish yo‘lida qator ishlar olib borildi. Jumladan, jamiyatning 2017-2020 yillar uchun xalqaro standartlar bo‘yicha konsolidasiyalashgan hisobotlari “Ernst&Young” xalqaro auditorlik kompaniyasi tomonidan auditorlik tekshiruvidan o‘tkazilib, ijobiy auditorlik xulosasi olindi.

Shu bilan birga, jamiyat tomonidan 2021 yilning sentyabr-oktyabr oylarida “Fitch Ratings” va “S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentliklari tomonidan “O‘zbekneftgaz” AJga mustaqil suveren reytingi “BB–” (barqaror) darajasidagi kredit reytinglari berildi.

Bundan tashqari, investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb qilinadigan qarz mablag‘lari manbasini diversifikasiya qilish maqsadida jamiyat 2021 yilning noyabr oyida ilk bor London fond birjasida davlat kafolatisiz 7 yil muddatga  700,0 mln. AQSH doll. miqdoridagi yevroobligasiyalarni joylashtirishga erishdi.

Ushbu muvaffaqiyat jamiyat tomonidan amalga oshirilgan transformasiya jarayonlari va jahondagi yetakchi biznes- amaliyotlarni joriy etish bo‘yicha bajarilgan tizimli ishlar natijasi hisoblanadi.

Yuqoridagi ulkan o‘zgarishlar jamiyatning investorlar oldidagi majburiyatlarni bajarilishini alohida darajaga olib chiqish hamda ular bilan munosabatlarni yanada rivojlantirishni taqozo etganligi sababli jamiyat tarkibida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning topshirig‘i bilan yangi tarkibiy tuzilma “Moliya institutlari bilan ishlash hamda qarzdorlik majburiyatlarini boshqarish” departamenti tashkil etildi.

Ushbu departamentga kadrlarni tanlashda yosh, iqtidorli, halqaro malaka va ko‘nikmalarga ega hamda moliyaviy sohada yetarli tajribaga ega kadrlarni jalb qilishga katta e’tibor qaratildi.

Departamentda Buyuk Britaniya davlatining Kardif metropolitan universiteti, Rossiyaning G.V. Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston Respublikasi  Bank-moliya akademiyasida tahsil olgan, dunyoning yetakchi xorijiy mamlakatlarida malaka oshirgan hamda yetakchi yuridik va moliyaviy institutlarda faoliyat yuritgan mutaxassislardan iborat jamoa shakllantirildi.

Departament oldiga qo‘yilgan maqsadlari va vazifalari bo‘yicha jamiyatning qarz yuklamasini doimiy tahlil etib borish, mavjud moliyaviy shart va talablar (kovenantlar) monitoringini amalga oshirish.
Kredit rasmiylashtirish jarayonini raqamlashtirish maqsadida elektron platformani ishlab chiqish ishlari boshlangan hamda investisiya loyihalarini moliyalashtirish uchun qarz mablag‘larini jalb qilish, jamiyat tomonidan jalb qilingan qarzlar bo‘yicha barcha majburiyatlarni bajarilishini muvofiqlashtirish va jamiyatning qarz yuklamasini ixchamlashtirish vazifasi belgilandi.

Shuningdek, Departament xodimlari tomonidan Xitoyning Ipak yo‘li jamg‘armasi, Rossiya Federasiyasining “Gazprombank” AJ, ВЭБ.РФ Davlat taraqqiyot korporasiyasi, “EKSAR” eksport-import sug‘urta agentligi, Yaponiyaning “MUFG Bank LTD” kabi dunyoning yirik moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

custom img

Farg‘onadagi bog‘chada tok urgan 6 yoshli bola ishi bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

custom img

O'zbekistonda “Raqamli iqtisodiyot sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash” mavzusida ilmiy- amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Tadbirning asosiy maqsadi jamoatchilik ongi va iqtisodiy subyektlar ongida iqtisodiy xavfsizlik tushunchasini kengaytirish, raqamli iqtisodiyot sharoitida yuzaga kelayotgan tahdid va xavf-xatarlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish hamda iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashda samarali muhitni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Buxoroda 13 yoshli qiz ona bo'ldi

Gumonlanuvchi hozirda qamoqqa olingan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Surxondaryoda tomorqadan yiliga uch marta hosil olish amaliyoti kengaymoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev Termizda “Tomorqa maktabi” faoliyati bilan tanishdi.

custom img

“YEROSTIGAZ” AJ tomonidan korxonadan asossiz 2,8 mlrd so‘m mablag‘ olingani aniqlandi

Tarifni deklaratsiyasiz oshirish holati yuzasidan AJga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash bo‘yicha qaror qabul qilindi.

custom img

Samarqandda MIB orqali garovdagi mulk topilib, xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro bankdan olgan qarzini to‘lamay kelgan. Garov evaziga qo‘yilgan avtomashinasini esa yashirib qo‘ygan.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga bordi

Davlat rahbari safarini Hakim Termiziy maqbarasi ziyoratidan boshladi.

custom img

Andijonda yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida 8 yoshli bola vafot etdi

Yuk mashinasi harakatlanib ketayotgan vaqtda bola piyodalar o‘tish joyidan yugurib chiqqan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"