O'zbekiston

Umra to‘lovlari nega oshgani bo‘yicha ma’lumot berildi

Narx oshirilishiga Saudiya qirolligida 15 foiz qo‘shimcha qiymat solig‘i joriy etilgani sabab bo‘lgan.

Umra to‘lovlari nega oshgani bo‘yicha ma’lumot berildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda 2020-yil fevral oyiga qadar qilingan Umra to‘lovi miqdoriga yana narx qo‘shilgani bo‘yicha tarqalgan ma’lumotlarga O‘zbekiston Musulmonlari idorasi munosabat bildirdi.

 

Bayonotda quyidagilar ma'lum qilingan:

 

1) Koronavirus pandemiyasi sabab mehmonxonada 4 kishilik xonaga 2 nafar ziyoratchi, 50 o‘rindiqli avtobusga 25 kishi joylashtirish, oziq-ovqatlar endi maxsus qadoqlangan holda tarqatilishi, qo‘shimcha shifokorlar va maxsus dori-darmonlar bilan ta’minlash kabi talablar o‘rnatilgan va bu avvalgi narxga ta’sir qilgan;

 

2) Saudiya qirolligida 15 foiz qo‘shimcha qiymat solig‘i joriy etilgan;

 

3) Makka va Madina shaharlarida Ikki Haramga yaqin bo‘lgan 5 yulduzli mehmonxonalar buyurtma qilingan. Masjidi Nabaviyga yaqin bo‘lgan “Pulman zam-zam” va Baytulloh atrofidagi “Jabal Umar” hududida joylashgan mehmonxona olingan;

 

4) O‘zbekiston Saudiyada umra safarini tashkil qilish bo‘yicha bir necha shirkat takliflarini o‘rgangan. Bunda avvalo shirkatlarning Saudiya haj va umra vazirligi talabiga asosan umrani tashkil etish bo‘yicha lisenziyasi bor yoki yo‘qligiga e’tibor qaratilgan;
 

 

5) Oldingi uzoq yillik hamkor shirkat ham pandemiyadan keyin lisenziya ololmagani uchun boshqa, imkoniyati kengroq “Abu Sarhad” shirkati bilan shartnoma imzolangan;

 

6) Har bir Haj yoki umra mavsumi to‘lovlar bankdagi maxsus hisob raqamda saqlanadi. Bu mablag‘lardan boshqa maqsadda foydalanish imkoniyati yo‘q;

 

7) 2020-yil fevral oyiga qadar Umra uchun to‘lov amalga oshirgan, hozirda borish istagidan qaytgan fuqarolarning murojaatiga asosan to‘lovlari qaytarib berildi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"