O'zbekiston

"Toshkent — Buxoro — Toshkent" yo‘nalishida har kuni “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi qatnovi amalga oshiriladi

17-yanvardan boshlab, har kuni, yaʼni dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba kunlari ham qatnov yo‘lga qo‘yildi.

"Toshkent — Buxoro — Toshkent" yo‘nalishida har kuni “Afrosiyob” zamonaviy poyezdi qatnovi amalga oshiriladi

 

Yo‘lovchilarga yana-da ko‘proq qulaylik yaratish hamda mamlakatimizda ichki turizmni yana-da rivojlantirishga keng imkoniyat yaratish maqsadida 2021 yil dekabr oyining so‘nggi kunlarida haftaning juma, shanba, yakshanba kunlari "Toshkent — Buxoro — Toshkent" yo‘nalishida 770/769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdining harakati yo‘lga qo‘yilgan edi.

 

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan yo‘lovchilarning talablari atroflicha o‘rganib chiqilib, 2022 yil 17 yanvardan boshlab 770/769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poyezdining "Toshkent — Buxoro — Toshkent" yo‘nalishida har kuni, yaʼni dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba kunlari ham qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

 

Mazkur zamonaviy poyezd harakat jadvali bo‘yicha har kuni 08:30 da Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan, Buxoro temir yo‘l vokzalidan esa 15:27 da harakatlanadi. https://t.me/buxorouz_official/32271

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Toshkent – Buxoro "yo‘nalishida harakatlangan “Afrosiyob” poyezdi nega yo‘lda to‘xtab qolgani hamda “Afrosiyob”  poyezdining qo‘shimcha reyslari yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"