O'zbekiston

“Sho‘rtan” koni shtabida geologiya-qidiruv ishlari va uglevodorod xomashyo zaxiralarini o‘stirish masalalari o‘rganildi

Bu haqda Zamon.uz'ga “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati maʼlum qildi.

“Sho‘rtan” koni shtabida geologiya-qidiruv ishlari va uglevodorod xomashyo zaxiralarini o‘stirish masalalari o‘rganildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2021 yil 25 dekabr kuni “Uzbekistan GTL” zavodiga tashrif davomida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida Qashqadaryodagi “Sho‘rtan” koni shtabida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.

 

Tadbirda “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 2021-yilda bajarilgan geologiya-qidiruv ishlari, ularning natijalari hamda 2022 yilda geologik tadbirlarni amalga oshirishni jadallashtirish, zahiralarni o‘stirish, yangi maydonlarni aniqlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar, ularning kelgusi istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlashga bo‘yicha ishlar muhokama qilindi.

 

Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Sho‘rtan” koni shtabida o‘tkazilgan yig‘ilishda “O‘zLITINEFTGAZ” AJ, Davlat geologiya qo‘mitasi, “O‘zbekgeofizika” AJ, “IGIRNIGM” DM kabi korxonalarning rahbarlari, masʼul mutaxassislari, ilmiy xodimlari, shuningdek hududlarda geofizik tadqiqotlarni olib borish, quduqlarni burg‘ilash va tabiiy gaz qazib chiqarish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, muhandislar, geolog va geofiziklar ishtirok etishdi.

 

Dastavval, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 2021 yilning yanvar-avgust oylarida bajarilgan ishlar, erishilgan natijalar, mavjud muammoli masalalar hamda ularning yechimlariga doir takliflarning muhokamasi o‘tkazildi.

 

2021 yilda “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 1410 kv.km 3D seysmik ishlar bajarildi, 22 ta yangi maydonlar burg‘ilashga kiritildi, 139 ming metrdan ortiq burg‘ilash ishlari bajarildi, 5 ta – yaʼni, “Ijobat”, “G‘arbiy Quyi Surgil” va “Razzoqbobo”, “Quyi Sharqiy Berdax” va “Chetqum” yangi gaz konlari ochildi, 42 mln. tonna shartli yoqilg‘i miqdorida uglevodorod zahiralari ko‘paytirildi.

 

Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqilib, tegishli rahbar va xodimlarga ularni tezkorlik bilan bartaraf etish hamda barcha tadbirlarning samaradorligini taʼminlash bo‘yicha tezkor choralarni ko‘rish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

 

Shuningdek, 2022 yilda Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan 20 ta yangi maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini qisqa muddatlarda tashkillashtirish masalasi ko‘rib chiqildi. Barcha tadbirlarni zarur material-texnik resurslar bilan o‘z vaqtida taʼminlash hamda ularni maqsadli tashkil etish orqali burg‘ilashni sifatli amalga oshirish lozimligi qayd etildi.

 

Tegishli rahbar va mutaxassislarga “O‘zbekneftgaz” AJ bo‘yicha 2022 yilda 35 mlrd. kub metrdan ortiq tabiiy gaz va 1,0 mln tonna suyuq uglevodorod zahiralarini o‘stirish yo‘lida barcha zarur choralarni ko‘rish hamda mavjud resurslarni to‘liq safarbar etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

Shu bilan bir qatorda, 2022 yilda amalga oshiriladigan geologiya-qidiruv ishlarining asosiy istiqbolli yo‘nalishlari aniqlab olinib bu borada ishlab chiqilgan tavsiyalarni amaliyotga tadbiq etish masalalari muhokama etildi. Bu borada Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan yana 20 ta yangi istiqbolli strukturalarni tayyorlash orqali istiqbolli maydonlar defitsitini yechish masalasi alohida ko‘rib chiqildi.

 

Bundan tashqari, 2022-2026 yillarda “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 10 ming 200 kv.km.dan ortiq 3D seysmik ishlarni bajarish, 100 dan ortiq yangi maydonlarni burg‘ilashga kiritish, 965 ming metr burg‘ilash ishlarini bajarish, 310 ta quduqlarni qurilish bilan tugatish reja qilib olindi.

 

Ushbu tadbirlar natijasida 177,6 mlrd.kub metrdan ortiq tabiiy gaz hamda 6,5 mln. tonna suyuq uglevodorod zahiralarini o‘stirishni taʼminlash belgilandi.

 

Yuqoridagi tadbirlarni amalga oshirish jarayonida “O‘zbekneftgaz” AJ, Davlat geologiya qo‘mitasi, “O‘ZLITINEFTGAZ”AJ, “O‘zbekgeofizika” AJ mutaxassislari va “IGIRNIGM” DM o‘rtasida yaqin hamkorlik qilish belgilab olindi.

 

O‘z navbatida, sohada faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarning malakasini oshirish maqsadida, tarmoq o‘qishlarini tashkil etish, tajriba almashish amaliyotini takomillashtirish, zarur hollarda esa ushbu tadbirlarga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish lozimligi taʼkidlandi.

 

Sohani rivojlantirishga eng ilg‘or, zamonaviy va innovatsion yechimlarini tadbiq etish, tarmoqni raqamlashtirish hamda barcha jarayonlarni kompleks modellashtirish ishlarini jadallashtirish ko‘rsatib o‘tildi.

 

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan Respublikaning Ustyurt, Qashqadaryo va Buxoro mintaqalarida yangi maydonlarni o‘zlashtirish, yangi zaxiralarini aniqlash hamda uglevodorodlarni qazib chiqarishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish davom ettirilmoqda.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"