O'zbekiston

Buxoroda yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi

Quvvati 270 mvt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi respublikamizning yagona elektr tarmog‘iga quvvat uzatishni boshladi.

Buxoroda yangi issiqlik elektr stansiyasi ishga tushirildi

 

Maʼlumki, 2021-yil 31-dekabrda Turkiyaning “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan Buxoro viloyatining Buxoro tumanida qurilgan, quvvati 270 mvt bo‘lgan gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasining ilk qurilmasi ishga tushirilgan edi. 

 

Mazkur elektr stansiyasi 2022-yil 11-yanvar soat 16:32 da O‘zbekistonning yagona elektr tarmog‘iga quvvat uzatishni boshladi.

 

Ushbu issiqlik elektr stansiyasi yiliga 2,2 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, viloyatning 80 foiz isteʼmolini qoplaydi.

 

Qurilmalarning foydali ish koeffitsiyenti yuqoriligi hisobiga yiliga 260 million metr kub tabiiy gaz tejaladi.Tejalgan tabiiy gaz hisobiga qo‘shimcha 900 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoni yaratiladi.

 

Ushbu investitsiya loyihasi Prezidentimizning 2021 yil 4 martdagi PQ-5018-son qaroriga muvofiq davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida amalga oshirildi.

 

Energetika vazirligi matbuot xizmatining maʼlumotlariga ko‘ra, umumiy qiymati 150 million dollarga teng bo‘lgan mazkur loyiha turkiyaning  “Aksa Enerji” kompaniyasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hisobiga amalga oshirildi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2025 yilgacha 18 ta elektr stansiya foydalanishga topshirilishi hamda Surxondaryo va Xorazmda elektr stansiyalari qurilishi haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"