O'zbekiston

"O‘zbekneftgaz": Boshqaruv raisi boshchiligidagi "Ishchi guruh" aʼzolari tomonidan Ustyurt regionidagi gelogiya-qidiruv ishlari holati o‘rganildi

2022 yilning 3-5 yanvar kunlari Ustyurt regionida gelogiya-qidiruv ishlarini jadallashtirishga qaratilgan tadbirlarning amalga oshirilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

"O‘zbekneftgaz": Boshqaruv raisi boshchiligidagi "Ishchi guruh" aʼzolari tomonidan Ustyurt regionidagi gelogiya-qidiruv ishlari holati o‘rganildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 18 noyabrdagi 4522-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 265-sonli Qarorlariga muvofiq, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan geologiya-qidiruv ishlari Dasturi doirasida istiqbolli maydonlar, konlarda burg‘ilash hamda sinov ishlari olib borilmoqda.

 

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” aʼzolari Ustyurt regionida geologiya-qiidiruv ishlarini jadallashtirish hamda tabiiy gaz qazib chiqarishni oshirish maqsadida ushbu hududdagi konlar, istiqbolli maydonlarda olib borilayotgan tadbirlarning ijro holatini o‘rgandi.

 

Tadbir davomida dastlab 2021 yilda amalga oshirilgan geologiya-qidiruv ishlarining bugungi holati va ulardan olingan natijalar batafsil muhokama qilindi.

 

Qurilish bilan tugatilgan 8 ta quduqlardan olingan natijalar birma-bir ko‘rib chiqildi. Region bo‘yicha belgilangan 10 mlrd metr kubdan ortiq tabiiy gaz va 300 ming tonna suyuq uglevodorod zaxiralarini o‘stirish rejalari ortig‘i bilan bajarilganligi alohida qayd etildi.

 

Bunday ijobiy natijaga erishish uchun, 2021 yilda burg‘ilangan “Quyi Sharqiy Berdax” konidagi 1, 2 va 3, “Aralik” konidagi 2, “G‘arbiy Quyi Surgil” konidagi 1, “Shagirlik” konidagi 1-terrigen yura hamda “Quyi Surgil” konidagi 5- va 6-sonli quduqlarni burg‘ilash va mahsuldorlikka sinash ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirilib, ularning har biridan 50 ming kub metrdan 1,3 mln kub metrgacha bo‘lgan tabiiy gaz oqimi olinganligiga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Ayniqsa, 2021 yilning 15 dekabr sanasida “Quyi Surgil” konidagi 6-sonli qidiruv qudug‘ini loyihaviy 4500 metr chuqurlikkacha burg‘ilab uni 4500-4172 metr oraliqlarda filtr orqali sinash ishlari natijasida quyi yura davri qatlamlaridan kunlik 1,3 mln.kub metrdan ortiq sanoat miqyosidagi tabiiy gaz oqimlarini olishga erishildi.

 

“Quyi Surgil” konining ostki chuqur qismida tabiiy gaz zaxiralariga ega bo‘lgan yangi qatlamlarning aniqlanishi “O‘zbekneftgaz” AJ mutaxassislari uchun geologiya-qidiruv, konlarni o‘zlashtirish borasidagi yangi yo‘nalishlarni ochib berishi bilan bir qatorda, Ustyurt regioni bo‘yicha tabiiy gaz, gaz kondensati zahiralarini o‘stirishga qaratilgan imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatib berdi.

 

Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi “Ishchi guruh” tomonidan 2022 yilda Ustyurt regionida Jamiyat tomonidan amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan yangi tadbirlar ham ko‘rib chiqildi.

 

2022 yilda Ustyurt regionida 6 ta yangi maydonlarni burg‘ilashga kiritish, 20 dan ortiq quduqlarda 100 ming metr atrofida burg‘ilash ishlarini bajarish, bu orqali 2022 yil davomida jami 12 mlrd kub metrdan ortiq tabiiy gaz hamda 320 ming tonnadan ortiq suyuq uglevodorod – jami 15 mln tonna shartli yoqilg‘i miqdoridagi zaxiralarni ko‘paytirish maqsad qilingan.

 

Ushbu tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tayyorgarlik ishlarining holati, ushbu jarayonlarning tegishli material texnik resurslar bilan taʼminlanganlik darajasi joyida o‘rganilmoqda.

 

Yuqoridagi vazifalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ geologiya-qidiruv ishlarining kelgusi yil uchun “Maxsus dasturi” ishlab chiqilgan bo‘lib, unga asosan Ustyurt regionidagi 4000-4500 metr chuqurlikgacha amalga oshirilgan burg‘ilash ishlarini endilikda yer qaʼrining chuqurroq qatlamlarini o‘zlashtirishga qaratish mo‘ljallanmoqda.

 

Ustyurt regionida amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan geologiya-qidiruv ishlarini moliyalashtirish hajmlarini ham 2021 yilga nisbatan ikki barobarga oshirish rejalatirilmoqda. Shu o‘rinda, geologik-texnik chora-tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish borasida “O‘zbekneftgaz” AJ boshqarmalari, departament boshliqlari va boshqa masʼul mutaxassislarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"