O'zbekiston

Prezident topshirig‘i bilan “O‘zbekneftgaz”da “Kuchaytirilgan ish rejimi” tashkil qilindi

Bunda iste’molchilarni tabiiy gaz, benzin va dizel yonilg‘ilari bilan ta’minlashda uzilishlarni oldini olish choralari ko‘riladi.

Prezident topshirig‘i bilan “O‘zbekneftgaz”da “Kuchaytirilgan ish rejimi” tashkil qilindi

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2021 yil 30 dekabr kuni o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash uchun “O‘zbekneftgaz” AJ va uning tasarrufdagi tashkilotlarda “Kuchaytirilgan ish rejimi” tashkil etildi.

 

Qish mavsumida hamda bayram kunlari aholi, sanoat va xalq xo‘jaligi iste'molchilarini tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, benzin va dizel yonilg‘ilari bilan ta’minlashda uzilishlarni oldini olish, barcha qazib chiqarish, qayta ishlash, ishlab chiqarish korxonalarining bir maromda ishlashini navbatchilar to‘liq monitoring qilib borishadi.

 

Shu bois, “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufdagi barcha korxona va tashkilotlarda ishlab-chiqarish jarayonlarining bir maromda ishlashini ta’minlash hamda uzulishlarni oldini olish maqsadida 2022 yilning 1-15 yanvar kunlari “Kuchaytirilgan ish rejimi” tashkil qilinishi belgilandi.

 

Ayni ushbu kunlarda Jamiyat tasarrufdagi barcha korxona va tashkilot rahbarlari mas’ulligida 2022 yilning 1-15 yanvar kunlari kechayu-kunduz navbatchilik tashkil etiladi.

 

Barcha korxonalarning birinchi rahbarlari “Kuchaytirilgan ish rejimi” doirasida shaxsan ish joyida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarini uzluksizligini ta’minlaydi.


O‘z navbatida aholi talablarini inobatga olgan holda, “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ va “Neft bazalari” MCHJlari tomonidan aholi, sanoat va halq xo‘jaligi iste’molchilaring sifatli benzin, dizel yonilg‘isi, neft mahsulotlari  bilan ta’minlashda uzilish va tanqisliklarga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘riladi.

 

“UNG-Petro” MCHJ, “Chinobod neft bazasi” va “Kuchlik neft bazasi” rahbarlarining shaxsan nazorati ostida iste’molchilarni benzin va dizel yonilg‘isi bilan kechayu-kunduz ta’minlash, narxlarning sun’iy ravishda o‘sishini oldini olish choralarini ko‘rgan holda AYQSHlarda tungi “reyd”lar tashkil etiladi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"