O'zbekiston

Endilikda kredit ham elektron ko‘rinishda beriladi

2022-yil davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida yillik 14 foiz stavkada imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Endilikda kredit ham  elektron ko‘rinishda beriladi

 

“Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbasini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra,  tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratish tizimini soddalashtirish, aholining bandligini oshirish, daromad manbasini kengaytirish va mehnat faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.

 

14 foizli imtiyozli kreditlar kimlarga beriladi?

 

— Oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga – 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;

 

—  Chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yo‘nalishi) uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha;

 

— Bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga ajratiladi.

 

Imtiyozli kreditlar 2022 yil 1 martdan boshlab, mahallalardagi hokim yordamchilarining tavsiyasi asosida to‘liq raqamlashgan holda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali ajratiladi. 

 

Bunda kredit olish uchun arizalar barcha bosqichlarda onlayn tarzda ko‘rib chiqiladi va har bir bosqichda qabul qilingan qaror to‘g‘risida Yagona elektron platforma (SMS-xabarnoma, elektron pochta yoki shaxsiy kabinet) orqali maʼlumot berib boriladi.

 

Kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha hujjatlar elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va masofadan imzolanadi.

 

Dasturlar doirasida ajratilgan kredit mablag‘lari bo‘yicha mavjud qarzdorligi to‘liq so‘ndirilmagan, shuningdek, kreditlardan maqsadsiz foydalangan qarz oluvchilarga ushbu dasturlar orqali yangi kredit ajratilishiga ruxsat etilmaydi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mikrokreditbankda ham tijorat kreditlarini ajratish vaqtincha to‘xtatilgani hamda yosh tadbirkorlarga 540 million so‘mgacha kredit berilishi haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Endilikda kredit ham elektron ko‘rinishda beriladi