O'zbekiston

"Debyut start — 2021" yoshlar milliy kinofestivali g‘oliblari taqdirlandi

Kinooyligi doirasida oldinda qator tadbirlar hamda yangi filmlarning premyeralari o‘tkaziladi.

"Debyut start — 2021" yoshlar milliy kinofestivali g‘oliblari taqdirlandi

 

“Milliy kinematografiya – Yangi O‘zbekiston timsoli” Kinooyligi doirasida “O‘zbekfilm” kinokonsernida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan "Debyut start — 2021" yoshlar milliy kinofestivali bo‘lib o‘tdi. 

 

Yoshlar milliy kinofestivali "Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash" yilida yosh kinoijodkorlar o‘rtasida ijodiy raqobat muhitini shakllantirish, Yangi O‘zbekistonda yuz berayotgan o‘zgarishlar, yangicha g‘oyalar va qarashlarni aks ettirish maqsadida o‘tkazildi.

 

Ushbu qisqa metrajli filmlar festivalida g‘oliblar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi:

 

— "Eng yaxshi ssenariy" nominatsiyasida “Olimpiada” filmi uchun Umrbek Ro‘zimov;

 "Eng yaxshi operatorlik ishi" nominatsiyasida “Hali urush tugamadi” filmi uchun Odilbek Kasimov;

 "Eng yaxshi rassom" nominatsiyasida “Hali urush tugamadi” filmi uchun Muhammadali Rahimov;

— "Eng yaxshi erkak roli" nominatsiyasida “Montaj” filmi uchun Asliddin Amrullayev;

— “Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasida “Qovoq mening jonu dilim” filmi uchun Oyparcha Abdullayeva;

—“Hayʼatning maxsus sovrini" bilan “Sharpa” filmi va "Yangi O‘zbekistonning g‘oyasi" nominatsiyasida “Hali urush tugamadi” filmlari taqdirlandi.

 

Bundan tashqari, “Gran-pri” sovrinlari egalari :

 

III darajali certifikat “Hali urush tugamadi” filmi uchun 200.000.000 so‘m miqdordagi grant;

 II darajali sertifikat “Montaj” filmi uchun 300.000.000 so‘m miqdordagi grant;

 I darajali bosh sovrin “Hali urush tugamadi” filmi uchun 500.000.000 so‘m miqdordagi grant 2022-yilda yangi kinoloyihalar suratga olish uchun taqdim etildi.

 

Milliy kinofestival davomida yoshlar uchun shou-konsert tashkil etildi.

 

Maʼlumot uchun: "Milliy kinematografiya — Yangi O‘zbekistonning timsoli" Kinooyligi 2022-yil 14-yanvargacha davom etadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq turkiy tilli davlatlar kinofestivalida O‘zbekiston 3 ta mukofotni qo‘lga kiritgani hamda “Ipak yo‘lida” filmi xalqaro kinofestivalda g‘olib bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"