O'zbekiston

Urganch markazida Jaloliddin Manguberdi haykali va tunnel qurilishi yakunlandi

Bu g‘oya Prezidentning tashabbusi bilan amalga oshirildi.

Urganch markazida Jaloliddin Manguberdi haykali va tunnel qurilishi yakunlandi

 

Maydon  markazida 25 metrli Jaloliddin Manguberdi haykali o‘rnatildi. Maydon ostidan esa avtomobil tunneli o‘tkazilgan.

 

Maʼlumot uchun: bu bosh maydon ostidan o‘tkazilgan mamlakatdagi ilk tunnel bo‘ladi. tunnel aeroport va temir yo‘l vokzalini bog‘lab turuvchi Al-Xorazmiy ko‘chasidan va Qirg‘izyop kanali ostidan o‘tishi ham rejaga kiritilgandi.

 

Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdining ot ustida tasvirlangan haykali majmuasida qurilish ishlari nihoyasiga yetkazildi.

 

 

Bu haqda Xorazm viloyat hokimi Farhod Ermanov murojaatnoma vaqtida maʼlum qildi:

 

“Urganch shahrida transport vositalari tirbandligining oldini olish maqsadida Al-Xorazmiy va Islom Karimov ko‘chalari chorrahasida soatiga 3,5 ming avtomobilni o‘tkazish quvvatiga ega yer osti o‘tish yo‘li foydalanishga topshirildi. Jaloliddin Manguberdi haykali majmuasida ham qurilish ishlari nihoyasiga yetkazildi”.

 

 

Shu bilan birga, Shovot tumanini Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumani bilan bog‘lovchi uzunligi 79 km bo‘lgan Shovot-Gurlan-Jumurtov-Qipchoq temir yo‘li hamda Amudaryo ustida uzunligi 413 metr bo‘lgan avtomobil va temir yo‘l ko‘prigida qurilish ishlari  hali davom etmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Prezident  Jaloliddin Manguberdi majmuasi maʼnaviyat va g‘urur maskani bo‘lishi haqida fikr bildirgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedov

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"