O'zbekiston

Toshkentda MDH va Gruziya davlatlarining kinematografiya rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

Uchrashuv mehmonlari “Oltin Humo” kinotaqdimoti va "Debyut-21” yosh ijodkorlar tanlovida ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Toshkentda MDH va Gruziya davlatlarining kinematografiya rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

 

21-23 dekabr kunlari Toshkentda MDH davlatlari va Gruziya kinostudiyalari direktorlarining kinematografiya sohasidagi hamkorlik bo‘yicha kengashi o‘tkaziladi.

 

Kengashning asosiy maqsadi harakatlarni birlashtirib, hamkorlikni kengaytirish va yangi mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etishdan iborat.

 

Mazkur forumga Armaniston, Belarus, Gruziya, Ozarbayjon, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston davlatlari kinostudiyalari rahbarlari taklif etilgan

 

O‘zbekiston kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov ushbu kengash 30 yil davomida tarqoqlashgan MDH mamlakatlari kinostudiyasilarini birlashtirish maqsad qilinganini bildirdi:

 

“30 yil davomida ushbu davlatlar kinosi o‘rtasidagi hamkorlik susayib, tarqoqlashib qolgandi. Minskda bo‘lib o‘tgan festivalda o‘zbek delegatsiyasi MDH mamlakatlari kinostudiyalarini birlashtiradigan mexanizm ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqqan edi. Bunday birlik bizga ijodiy va texnik ko‘mak beradi, tajriba almashinuvi jadallashadi, hamkorlikda filmlar ishlab chiqariladi, imkoniyatlarimizni kengaytiradi. Faqat zarurat tug‘ilganidagina yig‘ilmasdan davomiy mexanizmni ishlab chiqishimiz zarur. Kengashning maqomi va shakli esa aynan Toshkentdagi yig‘inda asosiy muhokama mavzusi bo‘ladi.”

 

Uchrashuv davomida studiyalar vakillarining B2B formatidagi uchrashuvlari, davra suhbatlari o‘tkaziladi, qo‘shma loyihalar, kinostudiyalar va kinokonsernlar faoliyatining samarali modellari muhokama qilinadi.

 

Bundan tashqari, hamkorlik bo‘yicha yagona yo‘l xaritasining loyihasi ishlab chiqiladi. Direktorlar  kengashi tarkibiga yangi ishtirokchilar qabul qilinishi ham ko‘zda tutilgan.

 

Kengashda ishtirokchilar o‘z kinostudiyalarining rejalarini taqdim etishadi va faoliyat modellarini bilan tanishtiradi. Shuningdek, uyushmaning rasmiy maqomi muhokamasi va tanlovi bo‘lib o‘tadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda Butunrossiya kinematografiya instituti filiali ochilishi hamda "Oltin Humo" milliy kinotaqdimoti qachon o‘tkazilishi maʼlum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"