O'zbekiston

“Tutqunlik” badiiy filmi namoyish etildi

Bugun, 16-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi jarayonlarini yoritishga ko‘maklashish maqsadida tashkil qilingan  “Xalqaro media xoll”da Kinematografiya agentligi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati ko‘magida suratga olingan “Tutqunlik” badiiy filmi  taqdimoti bo‘lib o‘tdi.  Taqdimot marosimida “Media xoll”da faoliyat olib borayotganlar, talaba va kursantlar ishtirok etdi.

“Tutqunlik” badiiy filmi namoyish etildi

 

 

Film real voqealarga asoslangan bo‘lib,  uni taniqli rejissyor Rashid Malikov  suratga olgan.

– Yangi O‘zbekiston sharoitida inson shaʼni, qadr-qimmati, vijdon va eʼtiqod erkinligi singari oliy qadriyatlarga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratila boshlandi. Bu o‘zgarishlar  zamonaviy o‘zbek kinosida ham o‘z aksini topmoqda. “Tutqunlik” badiiy filmida  Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan “Mehr” operatsiyasining  mazmun-mohiyati, inson qadr-qimmati, Vatan sog‘inchi, tinchlik va farovonlikning qanchalik tansiq neʼmat ekanligi haqida so‘z yuritiladi. Film taqdimoti shu paytga qadar bir necha bor turli doiralarda o‘tkazildi.   Jumladan, “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivalida xorijiy  kino jamoatchiligi tomonidan alohida eʼtirof etildi. Biz ijtimoiy ahamiyatini eʼtiborga olib, mazkur filmni telekanallarimiz orqali ham xalqimizga namoyish etamiz, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori, film bosh  prodyuseri  Firdavs Abduxoliqov.

 

–Biz ushbu filmni suratga olishdan avval juda ko‘p maʼlumotlar to‘pladik, “Mehr” operatsiyasi tufayli O‘zbekistonga olib kelingan ayollar bilan suhbatlashdik, ularning taqdiri, ruhiyati, xarakterini chuqur o‘rgandik– deydi film rejissyori Rashid Malikov. – Ularni  noto‘g‘ri yo‘lga kirib qolgan jinoyatchi emas, oddiy inson, ayol sifatida ko‘rsatishga harakat qildik. Shu bois, tomoshabinlar bu filmni shunchaki kino emas, bugungi hayotimiznning aks-sadosi,  taqdir zarbasiga duch kelgan zamondoshlarimiz qismatining ekrandagi ifodasi deb qabul qilishlarini so‘rardim.

Taʼkidlash joizki, “Mehr”  operatsiyasi doirasida  2019-yilning may oyidan buyon Yaqin Sharqdagi urush o‘choqlaridan 531 nafar hamyurtimiz O‘zbekistonga qaytarilgan. 

 

Maʼlumot uchun: “Tutqunlik” badiiy filmi 16 oktabr kuni “O‘zReport” telekanalida 21:30da, 17-oktyabr kuni “Sevimli TV”da  22.20 da, “Zo‘rTV”da 14.15 da, “Mening yurtim”da 15.00 da, “RenessansTV”da 20.30da, 18-oktabrda “Renessans TV”da  12.00 da namoyish qilinadi.

 

Bundan avval O‘zEOAVMA, “Yuksalish” umummilliy harakati va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil qiliingan  “Xalqaro media xoll”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tgani haqida  xabar berilgandi.

 

Maftuna Rejabboyeva tayyorladi

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"