O'zbekiston

Imtiyozli kredit mashmashalari

Fuqaroga imtiyozli shartlar asosida avtokredit vaʼda qilgan shaxs firibgar bo‘lib chiqdi.

Imtiyozli kredit mashmashalari

 

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tuproqqalʼa tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv ishlarida firibgarlik ishi ko‘rildi. Maʼlumotlarga ko‘ra, fuqaro O.S. fuqaro G.ning ishonchiga kirib, unga imtiyozli shartlar asosida, kreditga avtotransport vositasi olib berishni vaʼda qilgan. Aldovlar bilan uning 3 000 AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ini qo‘lga kiritgan. Tanishlari borligidan foydalanib, bank muassasasiga G.ning nomidan pul to‘langanligi to‘g‘risidagi soxta to‘lov kvitansiyasi olib bergan.

 

    Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

    Avvalroq uy olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlangani haqida xabar berilgandk.

 

    Ko‘plab ogohlantirishlar va firibgarliklar soni  ko‘pligiga qaramay, ozgina vaqt yoki puldan yutish maqsadida vakolati bo‘lmagan shaxslarga ishonib, moli va tinchligidan ayrilish holatlari ko‘p uchramoqda.

 

Shunday vaziyatlarni ko‘rsatish orqali hamyurtlarimizdan yana-da eʼtiborli bo‘lishlarini va aql bilan ish tutishlarini so‘rab qolamiz.

 

Maftuna Rejabboyeva tayyorladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"