O'zbekiston

Mithun Chakraborti Toshkentdagi Xalqaro kinofestivalda ishtirok etadi

28-sentabrdan boshlanayotgan Toshkent xalqaro kinofestivaliga «Disko raqqosi» filmidagi Jimmi roli bilan tanilgan afsonaviy hind aktyori Mithun Chakraborti ham tashrif buyuradi.

Mithun Chakraborti Toshkentdagi Xalqaro kinofestivalda ishtirok etadi

 

Kinofestival ochilish marosimida ishtirok etishi kutilayotgan taniqli mehmon o'z davrida  "Disko raqqosi", "O‘yna, o‘yna" va "Qirollik ovi" kabi  kinokartinalari orqali muxlislar qalbidan joy olgan.

Toshkent xalqaro kinofestivali "Kino 5 kunda", "Jahon mamlakatlari kinosi kunlari", Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali va viloyatlarda yangi kino manzillarning ochilishi kabi katta dasturni o‘z ichiga olgan.

Shuningdek, kinofestival doirasida 14ta xorij davlatlarining kino kunlari bo‘lib o‘tadi. Hindistonning 24 kishidan iborat delegatsiyasi ham o‘zining filmlari va maxsus dasturi bilan ishtirok etadi. 

Avvalroq, Turkiyaning mashhur "Chuqur" va "Istanbullik kelin" filmlari qahramonlari tashrifi haqida ham xabar bergan edik.

 

                                                                                                                                                                                  Yulduz Rustamova
 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"