O'zbekiston

Janubiy Koreya kinoijodkori Andijonda film suratga oladi

Avval xabar qilinganidek, shu yilning 28-sentyabr — 3-oktyabr kunlari yurtimizda “Buyuk ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadi.

Janubiy Koreya kinoijodkori Andijonda film suratga oladi

 

Festival doirasida “Kino — 5 kunda” tanlovi eʼlon qilingan bo‘lib, mazkur loyihada turli davlatlardan kelgan mahoratli kinoijodkorlar qatnashmoqda. Tanlov ishtirokchilaridan 5 kun ichida “Buyuk ipak yo‘li” mavzusida qisqa metrajli film suratga olish talab etiladi. Tanlovda birinchi o‘rinni egallagan ishtirokchiga 15 ming, ikkinchi o‘ringa 10 ming, uchinchi o‘ringa esa 7 ming AQSH dollari miqdorida mukofot belgilangan.

Janubiy Koreya kinoijodkori Pak Su Min tanlovda “Mening 90 yoshli otam” filmi bilan qatnashadi. Ijodiy jamoa ayni paytda Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi. Ular, dastavval, suratga olish obyektlarini ko‘zdan kechiradi. Film ota va o‘g‘ilning o‘zaro munosabatlari, hayotiy haqiqatlari, o‘tmishdagi kechinmalari haqida.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya kinoijodkorlari suratga olgan ko‘plab filmlar o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish. Ularning aksariyati o‘zbek tiliga tarjima qilingan. “Qish sonatasi”, “Vorislar”, “Saroy javohiri”, “Musavvir” kabi seriallar, shular jumlasidan.

Ayni paytda 28-sentyabr — 3-oktyabr kunlari o‘tkaziladigan “Ipak yo‘li durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivaliga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Bundan avval “Kino — 5 kunda” tanlovida filmlar qaysi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanishi va g‘oliblarga taqdim etiladigan mukofotlar haqida xabar berilgandi.

 

Maftuna Rejabboyeva tayyorladi.

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"