Jahon

Ukraina frontdagi askarlarning 30 foizini jangovar robotlar bilan almashtirmoqchi

Mart oyining o‘zida robotlashtirilgan komplekslar frontda logistika va evakuatsiya bo‘yicha 9 mingdan ortiq vazifani bajargan.

Ukraina frontdagi askarlarning 30 foizini jangovar robotlar bilan almashtirmoqchi

Ukraina Qurolli kuchlari front chizig‘ida jangovar robotlardan foydalanishni keskin kengaytirib, 2026-yilga borib eng murakkab hududlarda shaxsiy tarkibning 30 foizigacha qismini texnologiyalar bilan almashtirishni maqsad qilgan. Bu haqda The Moscow Times xabar berdi.

 

Vladimir Zelenskiyning bildirishicha, Ukraina armiyasi urush davomida ilk bor dushman pozitsiyasini faqat uchuvchisiz platformalar — yerusti robotlashtirilgan komplekslar va dronlar yordamida egallab, bir nechta askarni asirga olgan. Mazkur operatsiya o‘tgan yozda amalga oshirilgan. Hozirda bunday texnologiyalar 150 dan ortiq bo‘linmada qo‘llanilmoqda.

 

Politico nashriga ko‘ra, operatsiyani boshqargan qo‘mondon Nikolay Zinkevich  piyodalarni o‘q ostidan olib chiqish va xavfli vazifalarni robotlar orqali bajarish ustuvor vazifa hisoblanishini bildirgan.

 

“2026-yilga mo‘ljallangan maqsadimiz — frontning eng murakkab hududlarida shaxsiy tarkibning 30 foizigacha qismini texnologiyalar bilan almashtirish”, — degan Zinkevich.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina tomoni son jihatdan ustun bo‘lgan Rossiya armiyasiga qarshi uchuvchisiz texnologiyalarni faol qo‘llamoqda. Qayd etilishicha, dushman tomonning tirik kuchiga yetkazilayotgan zararning qariyb 80 foizi aynan dron va robotlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

 

Carnegie Endowment for International Peace tahliliga ko‘ra, Ukrainadagi jangovar harakatlarda yangi texnologiyalarning keng qo‘llanilishi urush olib borish uslublarini sezilarli darajada o‘zgartirmoqda. Hisobotda bir necha yil avval tasavvur qilish qiyin bo‘lgan qurol tizimlari bugungi kunda jang maydonida ustunlik qilayotgani keltirilgan.

 

Xabarga o‘ra, 2025-yildan boshlab Ukraina Mudofaa vazirligi qariyb 40 turdagi yangi robot tizimlarini tasdiqlagan va yil yakuniga qadar armiyaga 15 mingga yaqin qurilma yetkazib berilgan. 2025-yil noyabrida ulardan 67 ta bo‘linma foydalangan bo‘lsa, 2026-yil mart oyiga kelib bu ko‘rsatkich 167 taga yetgan.

 

Mudofaa vaziri Mixail Fedorovning ma’lum qilishicha, faqat mart oyining o‘zida robotlashtirilgan komplekslar frontda logistika va evakuatsiya bo‘yicha 9 mingdan ortiq vazifani bajargan. Vazir frontdagi logistika jarayonlarini to‘liq robotlashtirish rejalashtirilayotganini ta’kidlagan.

 

Shuningdek, 2026-yilning birinchi yarmida 25 ming dona yerusti robotlashtirilgan kompleks yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzilishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkich 2025-yildagi umumiy yetkazib berish hajmidan ikki baravarga ko‘p ekani qay etilgan.

 

Harbiylar bildirishicha, Xarkov viloyatida o‘tkazilgan operatsiya davomida Ukraina kuchlari dushman pozitsiyasini piyodalarsiz va yo‘qotishlarsiz egallagan. Operatsiya jarayonida yerusti kamikadze-robotlar va dronlardan foydalanilgan, natijada ikki nafar rossiyalik harbiy taslim bo‘lib, asirga olingan.

 

Tahlilchilarga ko‘ra, jangovar robotlarning keng joriy etilishi harbiy sohada 1920–1930-yillarda yuz bergan texnologik o‘zgarishlarga qiyoslanmoqda.

custom img

Rossiyada milliarderlar soni va ularning boyligi rekord darajaga yetdi

Milliarderlarning umumiy boyligi 696,5 milliard dollarni tashkil etib, tarixiy maksimumga chiqqan.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozini minalardan tozalashga olti oy ketadi — Pentagon

Bo‘g‘ozdagi ko‘plab minalar koordinatalari qayd etilmasdan o‘rnatilgani aytilgan edi.

custom img

Buyuk Britaniya Parlamenti yoshlar uchun chekishni umrbod taqiqlovchi qarorni ma’qulladi

Hujjat tamaki mahsulotlari tarkibi, ta’mi va qadoqlanishini ham nazorat qilish vakolatini beradi.

custom img

Dengiz blokadasi bekor qilinsa, Eron bilan kelishuvga erishish qiyinlashadi — Tramp

AQSh prezidentiga ko‘ra, Eron Hormuz bo‘g‘ozi yopilgani sabab kuniga 500 million dollar daromad yo‘qotmoqda.

custom img

Eron AQSh va Isroil tahdidlariga javob qaytarishga tayyorligini bildirdi

Tashqi ishlar vazirligi vakili mamlakat harakatlari qonuniy mudofaa huquqi doirasida ekanini bildirdi.

custom img

Germaniya aviakompaniyasi yonilg‘i narxlari tufayli minglab reyslarini bekor qildi

Yaqin Sharqdagi mojaro fonida yana bir qator aviakompaniyalarda reyslar qisqartirilib, aviachiptalar narxi oshirildi.

custom img

AQSHda 11 nafar olim sirli tarzda yo‘qoldi

Maxfiy ilmiy ishlar bilan shug‘ullangan olimlar o‘lgan bo‘lishi mumkin.

custom img

Turkiyadagi maktabda 9 kishini o‘ldirgan o‘quvchining onasi ham hibsga olindi

U “ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish” aybi bilan hibsga olindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"