Jahon

Turkiyadagi maktabda 9 kishini o‘ldirgan o‘quvchining onasi ham hibsga olindi

U “ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish” aybi bilan hibsga olindi.

Turkiyadagi maktabda 9 kishini o‘ldirgan o‘quvchining onasi ham hibsga olindi

Turkiyaning Qahramonmarash viloyatida maktabga qurolli hujum uyushtirgan 14 yoshli Iso Aras Mersinlining onasi Peyman Pinar Mersinli hibsga olindi. Bu haqda Qahramonmarash Respublika bosh prokuraturasi ma’lum qildi, deya xabar bermoqda "Oksijen" nashri.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 15-aprel kuni Ayser Chalik o‘rta maktabida sodir etilgan hujum natijasida 1 nafar o‘qituvchi va 8 nafar o‘quvchi halok bo‘lgan. Gumonlanuvchi hujumni otasiga tegishli bo‘lgan 5 ta o‘qotar qurol va 7 ta o‘qdon bilan amalga oshirgan. Mersinlining o‘zi pichoqlanish oqibatida halok bo‘lgan.

 

Mazkur jinoyat ishi doirasida avval gumonlanuvchining otasi, politsiya bosh inspektori Uygur Mersinli 16-aprel kuni hibsga olingan edi. Onasi Peyman Pinar Mersinli esa dastlab qo‘yib yuborilgan, biroq keyinchalik unga nisbatan qaytadan qo‘lga olish qarori chiqarildi.

 

Ma’lum qilinishicha, u Elazig‘ shahrida hibsda saqlanayotgan turmush o‘rtog‘ini ko‘rib qaytib kelayotgan vaqtda qo‘lga olingan. Sud qaroriga ko‘ra, u “ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish” aybi bilan hibsga olindi.

 

Bosh prokuratura bayonotida qayd etilishicha, tergov davomida hujum uyushtirgan bolaning sog‘ligiga oid barcha tibbiy ma’lumotlar o‘rganilgan. Unga ko‘ra, voqeadan oldin ikki turli muassasada ishlovchi psixologlar o‘smirning bolalar psixiatri ko‘rigidan o‘tishi va davolanishi zarurligini ta’kidlagan.

 

Shunga qaramasdan, onasi mazkur tavsiyalarni inobatga olmagan va farzandini psixiatriya muassasasiga olib bormagan. Tergov organlari bu holatni bolaning ruhiy holati bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmagani, natijada og‘ir oqibatlarga olib kelgan beparvolik sifatida baholamoqda.

 

Hozirda mazkur ish bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, 14-aprel kuni Shonliurfa viloyati Siverek tumanida joylashgan litseyda qurolli hujum sodir bo‘ldi. Oqibatda 16 kishi jarohatlanib, hujum sodir etgan o‘quvchi o‘z joniga qasd qildi.

 

Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatda o‘qotar qurolga egalik qilish tartibini qat’iylashtirish va tegishli huquqiy normalarni kuchaytirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar joriy etilishini ma’lum qildi.

custom img

Ukraina frontdagi askarlarning 30 foizini jangovar robotlar bilan almashtirmoqchi

Mart oyining o‘zida robotlashtirilgan komplekslar frontda logistika va evakuatsiya bo‘yicha 9 mingdan ortiq vazifani bajargan.

custom img

Rossiyada milliarderlar soni va ularning boyligi rekord darajaga yetdi

Milliarderlarning umumiy boyligi 696,5 milliard dollarni tashkil etib, tarixiy maksimumga chiqqan.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozini minalardan tozalashga olti oy ketadi — Pentagon

Bo‘g‘ozdagi ko‘plab minalar koordinatalari qayd etilmasdan o‘rnatilgani aytilgan edi.

custom img

Buyuk Britaniya Parlamenti yoshlar uchun chekishni umrbod taqiqlovchi qarorni ma’qulladi

Hujjat tamaki mahsulotlari tarkibi, ta’mi va qadoqlanishini ham nazorat qilish vakolatini beradi.

custom img

Dengiz blokadasi bekor qilinsa, Eron bilan kelishuvga erishish qiyinlashadi — Tramp

AQSh prezidentiga ko‘ra, Eron Hormuz bo‘g‘ozi yopilgani sabab kuniga 500 million dollar daromad yo‘qotmoqda.

custom img

Eron AQSh va Isroil tahdidlariga javob qaytarishga tayyorligini bildirdi

Tashqi ishlar vazirligi vakili mamlakat harakatlari qonuniy mudofaa huquqi doirasida ekanini bildirdi.

custom img

Germaniya aviakompaniyasi yonilg‘i narxlari tufayli minglab reyslarini bekor qildi

Yaqin Sharqdagi mojaro fonida yana bir qator aviakompaniyalarda reyslar qisqartirilib, aviachiptalar narxi oshirildi.

custom img

AQSHda 11 nafar olim sirli tarzda yo‘qoldi

Maxfiy ilmiy ishlar bilan shug‘ullangan olimlar o‘lgan bo‘lishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"